Fransiya Professional futbol Ligasi tartib intizom qo‘mitasi Liga 1 3-turi doirasida PSJ va “Marsel” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdagi (0:1) janjalli vaziyat borasida qaror qabul qildi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan, buning natijasida PSJdan Neymar, Leandro Paredes va Leven Kurzava chetlatilgan, “Marsel”dan esa Jordan Amavi va Dario Benedettoga qizil kartochka ko‘rsatilgandi.
Tartib intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, eng uzoq muddatli diskvalifikatsiya Kurzavaga (6 ta o‘yin) berildi, Amavi uchta o‘yindan chetlatilgan, Neymar va Paredes ikkita uchrashuvga (va bitta shartli ravishda) diskvalifikatsiya qilingan, Benedetto esa bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, qo‘mita “Marsel” himoyachisi Alvaro Gonsalesning Neymarga nisbatan ishlatgan irqchilik kayfiyatidagi so‘zlari yuzasidan ish ochgan.
Qo‘shimchasiga PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariyaning Gonsales tomonga atayin tupurgan vaziyat ham o‘rganiladi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)