Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 1992-yildan buyon prezident saroyi vazifasini bajargan mamlakat Kommunistik partiyasi markaziy kengashining sobiq binosini buzish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Foto: Asia Plus

Majmua markazida joylashgan saroyning asosiy binosi va o‘ng qanoti buzib bo‘lingan. Bu joyda Tojikiston hukumatining yangi binosini qurish rejalashtirilmoqda.

Foto: Asia Plus

Foto: Asia Plus

Foto: Asia Plus

Tojikiston poytaxtida joylashgan mazkur bino 1957-yilda qurilgan. Sovet Ittifoqi davrida binoda Tojikiston SSR kompartiyasining markaziy kengashi joylashgan.

Foto: Asia Plus

Foto: Asia Plus

Foto: Asia Plus

Mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng mazkur binoda 25 yil davomida prezident apparati va hukumat faoliyat olib borgan. 2016-yilda esa prezident apparati va hukumat yangi binoga ko‘chib o‘tgan. Hozirgi paytda bu binoda Dushanbe shahri meriyasi joylashgan. Meriya mazkur binoga uch yil avval Turizm qo‘mitasi bilan birga ko‘chib o‘tgan edi.

Prezidentning sobiq saroyi buzilishi poytaxtning bosh rejasi doirasida amalga oshirilmoqda. Sobiq saroyni buzish ishlari boshlangani haqida 2020-yilning iyul oyida xabar berilgandi.