AQShning g‘arbiy hududlarida uchta — Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Minglab odamlarning uylari yonib ketdi, eng kamida yetti kishi halok bo‘ldi, ularning orasida bir yoshli bola ham bor.
Oregon shtati gubernatori Keyt Braunning aytishicha, halok bo‘lganlar soni hamda yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha ushbu yong‘inlar shtat tarixidagi eng yirigi bo‘lishi mumkin. Kaliforniya shimolida osmon yong‘inlar tufayli olovrang tusga kirdi. San-Fransiskoda olingan suratlarni Amerika ommaviy axborot vositalarida qiyomat kuni manzarasiga qiyoslashmoqda.
Izoh (0)