Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2020-yilning 10-sentabr kunidagi majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Foto: Facebook / Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Facebook / Tashqi ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston–Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar izchil mustahkamlanayotgan va hamkorlikning yangi shakllariga ega bo‘layotgan ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni yuqori sur’atlarda rivojlanayotganidan mamnun ekanliklarini ma’lum qildi.

Turli daraja va shakllarda, jumladan, O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yo‘nalishdagi faollikning pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni ijobiy baholandi.

Madaniy-gumanitar sohada, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Vazirlar oliy va yuqori darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini ham muhokama qildi, deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda