Elektromobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi Shvetsiyaning Volta Trucks startapi Volta Zero yuk mashinasini taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek.

Foto: Volta Trucks

Elektr tokida harakatlanuvchi avtomobilga sig‘imi 160 dan 200 kVt teng akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u bir marta quvvatlanish orqali 150-200 kilometr yo‘l bosa oladi. Shu bilan birga, Volta Zero 8,6 tonna yukni tashishga qodir.

Logistik kompaniyalar uchun sinov yetkazib berishlarini amalga oshirish 2021-yilning birinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan. 2022-yildan esa kompaniya Volta Zero’ni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi.

Birinchi yili Volta Trucks ushbu yuk mashinasidan 500 nusxa, 2025-yilga borib esa yiliga 5 ming dona sotish niyatida.

Avvalroq Tesla kompaniyasi Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasining ishlab chiqarilishini yana biroz muddatga kechiktirilishini ma’lum qilgandi.