Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov sentabr oyida ham to‘ylarga cheklov saqlanib qolishini aytib o‘tdi.

Rustam Ikromovning ma’lum qilishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 31-avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq ayni kunlarda 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.

“Agar karantin choralari kuchaytirilmasa, shu tartib sentabr oyida ham davom etadi”, – dedi mutaxassis.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish bilan birga, bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinishi ma’lum qilingan. Jumladan, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi