Afg‘oniston kuch tuzilmalari IShIDning mintaqadagi “oliy sudyasi”ni yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Flickr

Afg‘oniston Xavfsizlik milliy direktorati ma’lum qilishicha, yo‘q qilingan Abdulla Orakzay 2020-yil 2-avgust kuni Nangarhar viloyatidagi qamoqxonaga amalga oshirilgan teraktning ijrochisi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, IShIDning Xurosondagi bo‘linmasidan bo‘lgan va yo‘q qilingan mazkur yetakchi tinch aholining boshini olish va zo‘ravonlik bilan jangarilarga nikohlash bo‘yicha farmonlarni chiqarishga ham aloqador hisoblanadi.

Nangarhardagi qamoqxonaga qilingan hujum oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan va 50 kishi jarohat olgan. Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.