Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov telefon orqali o‘zaro suhbatlashdi. Bu haqda Rossiya TIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Rossiya Tashqi ishlar vazirligi

“Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Oliy va yuroqi darajada hamkorlikdagi tadbirlar, shu jumladan, hozirda O‘zbekiston raisligida boshqarilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi tadbirlar tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga rejalashtirilayotgan davlat tashrifining tashkiliy va mazmunli jihatlari ham atroflicha muhokama qilingan. Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasida qo‘shma komissiyasining 1-yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishi qarorlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqilgan.

Yangi turdagi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuqori baholangan. Tomonlar ushbu sohada o‘zaro qo‘llab-quvvatlov va hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklari tasdiqlagan.

Markaziy Osiyoda, jumladan, Afg‘onistondagi xavfsizlikka oid masalalarni rijovlantirish bo‘yicha, shuningdek, YXHTdagi inqirozdan chiqish yo‘llari to‘g‘risida fikrlar alamashilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga borgandi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.