Daryo

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrida o‘tadigan G‘alaba paradiga boradi

24-iyunda II jahon urushidan Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi va Shavkat Mirziyoyev ularda ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish75 052 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23–24-iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarda qayd etilishicha, tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq tomonlarning oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda O‘zbekiston—Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

24-iyunda II jahon urushidan Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi va Shavkat Mirziyoyev ularda ishtirok etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik harbiylar Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etadi

Avval Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormaydi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar