• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto Motors Rasul Kusherbayev ustidan parlamentga arz qildi

    UzAuto Motors AJ deputat Rasul Kusherbayev ustidan parlamentga arznoma kiritgan. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharofutdinovga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    UzAuto Motors arznomasi 10-avgust kuni O‘zLiDePning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.

    “10-avgust kuni o‘tgan fraksiya yig‘ilishida hukumat tomonidan kiritilgan bir qator qonun loyihalari bilan birga UzAuto Motors AJning parlamentga yo‘llagan xati fraksiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama etildi.

    Xatda e’tirof etilishicha, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, deputat Rasul Kusherbayev tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda, elektron ommaviy axborot vositalarida monopol tashkilotga nisbatan aytish lozimki, fuqarolar, saylovchilar tomonidan bildirilgan noroziliklar asosida aytgan fikrlari UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar deb baholanmoqda.

    Aksiyadorlik jamiyati bu borada bir qator asoslarni ham keltiradi”, — deydi Sharofutdinov.

    Deputatga ko‘ra, UzAuto Motors’ning arznomasidagi bir necha holatlari uni taajjubga solgan.

    Birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasiga havola qilinib, xalq tomonidan saylangan Qonunchilik palatasining deputatini ‘alohida shaxs’, ya’ni vakolatli emasligiga ishora qilinib, O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas, degan talqin keltirilmoqda.

    Shu o‘rinda, eslatib o‘tmoqchi edikki, ushbu moddada keltirilgan Oliy Majlisi tarkibi quyi va yuqori palatalardan iborat bo‘lib, xalq tomonidan saylangan deputatlar va Senat a’zolaridan (asosan mahalliy Kengash deputatlari ichidan saylanadigan) shakllantiriladi hamda ular qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida ularni saylagan xalq nomidan faoliyat olib borishadi.

    ‘O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida’gi qonunning 7-moddasida ‘…deputat fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli’, deb belgilab qo‘yilgan.

    Demak, Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z vakolati doirasidan chetga chiqmagan holda ish yuritgan.

    Ikkinchidan, deputat o‘z chiqishlarida UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining o‘z tovarlariga qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda narxlar va tariflarni belgilash huquqiga daxl etgani yo‘q, aksincha UzAuto Motors yillar davomida aynan monopol tashkilot sifatida, raqobatning yo‘qligi sharoitida o‘z hisob-kitoblari bo‘yicha tovarlariga yuqori narxlar belgilab kelayotganini tanqid ostiga olgan va fuqarolarning arz-u dodlariga quloq solishni so‘ragan.

    Ayniqsa, pandemiya sharoitida hech bo‘lmaganda, tez yordamga mo‘ljallangan Damas rusumli avtomobillariga arzonroq narxlarni belgilab, mamlakat uchun sinovli davrda xalq dardiga bakor kelishni so‘ragan.

    Shuhrat Sharofutdinov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati

    Uning ma’lum qilishicha, O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida so‘z olgan barcha deputatlar partiyaning monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, Kusherbayevning harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.

    Shu bilan birga, sohadagi muammolarni o‘rganish va ko‘plab masalalarga javob olish maqsadida tegishli tartibda parlament eshituvini tashabbus etish bo‘yicha kelishib olingan.

    Ma’lumot uchun, Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan. Ish ochilgani haqida 29-iyulda e’lon qilingan bo‘lsa-da, mazkur tekshirish bo‘yicha yakuniy qaror hozircha ma’lum qilinmadi.

    Mavzuga doir:

    • UzAuto Motors deputat Kusherbayevning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib ko‘rsatish deb atadi
    • “Davlat bu zuluklardan kechib maydonni mard, halol, mas’uliyatli raqobatchilarga tezroq bo‘shatib berishi kerak” — Rasul Kusherbayev monopolistlar haqida
    • “Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”. Deputat Kusherbayev “O‘zavtosanoat”ning javobiga javob berdi
    • Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning tez yordam xizmati uchun Damas’larni ham oshirilgan narxda sotayotganini tanqid qildi

    14.08.2020, 13:10   Izoh (0)   41093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yoshligimda kichik yoshli farzandimni tuproqqa qo‘ygandim. Endi bu dardni o‘g‘lim ham ko‘tarishidan qo‘rqaman”. Oqqonga chalingan Og‘abek yaxshi insonlarning yord...

    14.08.2020, 12:29

    O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

    14.08.2020, 12:12

    Samarqandda qo‘shnisi bilan tortishib qolgan shaxs uni mashinasida urib, o‘ldirib qo‘ydi

    14.08.2020, 11:11

    “O‘zgidromet”: iyul oyida Toshkent, Olmaliq, Angren va Farg‘ona shaharlarida havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan

    14.08.2020, 10:32

    BMT O‘zbekiston uchun muhojirlar va ularning oilalariga yordam berish bo‘yicha dasturni ishga tushiradi

    14.08.2020, 09:51

    “Onalar yo‘lda o‘lib, bolalarni davlat boqqanidan ko‘ra, o‘sha yetimlarga ketadigan pulni yo‘lni to‘g‘rilashga sarflang”. Boysunliklar ko‘prik muammosi haqida

    14.08.2020, 09:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda dunyodagi eng uzun chaqmoq qayd etildi

    Dunyo | 1 avgust, 00:10

    Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

    O‘zbekiston | 31 iyul, 23:51

    AQSHda rekord miqdordagi demokratlar Isroilga harbiy yordamni taqiqlash uchun ovoz berdi

    Dunyo | 31 iyul, 23:36

    G‘azodagi bolalar suratlaridan so‘ng Trampning Netanyaxuga nisbatan munosabati o‘zgardi — CNN

    Dunyo | 31 iyul, 23:02

    Sun’iy intellekt shifokorlar e’tiborsiz qoldirgan ko‘krak saratoni holatlarining 30 foizini aniqladi

    Dunyo | 31 iyul, 22:05

    AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA

    Dunyo | 31 iyul, 21:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.