Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan norozilik namoyishiga ikki erkak betmen va o‘rgimchak odam libosida tashrif buyurdi. Esquire’uning yozishicha, ushbu fuqarolar namoyishchilarga suv hamda shokoladli batonchalar tarqatgan.

Foto: Esquire

Ta’kidlanishicha, o‘rgimchak odam namoyishchilar yoniga bir quti shirinlik bilan kelib “Energiyaga boy batonchalar! Mo‘ylovli superyovuzga qarshi superenergiya bilan zaryadlanib olamiz”, — degan.

Superqahramonlar namoyish ishtirokchilari tomonidan qarsaklar bilan kutib olingan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda norozilik namoyishi​ 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan​ prezident saylovidan keyin boshlangan.