Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda 4-avgust kuni kuchli portlashlar yuz berdi. Mazkur hodisadan keyin Bayrutda ommaviy namoyishlar boshlandi va namoyishchilar mamlakat hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi. Livandagi siyosiy inqiroz vaqtida sodir bo‘lgan ushbu portlashdan keyin fuqarolar norozilik namoyishlari o‘tkazishni boshlagani oqibatida mamlakat hukumati ham iste’fo bergan. Bugungi kunga kelib Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida vafot etganlar soni 171 nafarga yetgan. Reuters agentligi qurbonlarni xotirlash marosimidan lavhalar ulashdi. 

Norozilik namoyishlarida ishtirok etayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Portlash natijasida halok bo‘lganlarning xotirasiga sham yoqib turgan ayol.

Foto: Reuters

Qurbonlar xotirasiga ko‘chaga chiqqan odamlar.

Foto: Reuters

Xotira aksiyasida qatnashayotgan rohibalar.

Foto: Reuters

Norozilik namoyishlarida ishtirok etayotgan skaut orkestri.

Foto: Reuters

Namoyishda bayroq ko‘tarib yurgan ishtirokchi.

Foto: Reuters

Namoyishga chiqqan ayol.

Foto: Reuters

Portlash hududida yurib ketayotgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

Xotira marosimida ishtirok etayotgan olomon.

Foto: Reuters

Portlash hududida yurib ketayotgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

Portlash hududida yurib ketayotgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

Portlash hududida yurib ketayotgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

Portlash hududida yurib ketayotgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

Aza ramzi sifatida Livan bayrog‘ida turgan qora tasma.

Foto: Reuters

Namoyishlar vaqtida olib chiqilgan dor.

Foto: Reuters

Livanning Bayrut shahrida portlash sodir etilgan hududda namoyishga chiqqan odamlar.

Foto: Reuters