Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turoperator va aviatashuvchilarning O‘zbekistonga tashkil etgan charter reyslari har bir yo‘lovchi sonidan kelib chiqqan holda subsidiyalanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Subsidiya miqdorlari 20-fevraldan 19-noyabrgacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun 20 dollarni, 20-noyabrdan 19-fevralgacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun 50 dollarni tashkil qiladi.

Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:

  • chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ikki tomonlama (O‘zbekistonga va undan) charter reys tashkil qilish;
  • charter reys bilan tashrif buyurgan yo‘lovchilarning O‘zbekistondagi joylashtirish vositalarida kamida besh kun tunab qolishi;
  • charter reyslar va undagi yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni respublika aeroportlariga to‘liq taqdim qilish.
Subsidiya olish uchun turoperator va aviatashuvchilar O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qiladi. Murojaatchi arizasiga yo‘lovchi manifesti nusxasi ilova qilinishi lozim. Murojaatlar har chorak yakuni bilan o‘tgan chorakda amalga oshirilgan charter reyslar bo‘yicha taqdim qilinadi.

Qo‘mita har chorak yakuni bilan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, chorakdan keyingi oyning 20 sanasiga qadar subsidiyalar ajratilishini ta’minlaydi.

Murojaatlarni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilgan taqdirda uni ko‘rib chiqish va o‘rganish muddati qo‘shimcha tarzda yana 10 kunga uzaytirilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan turistlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda