4-avgust kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Rejissor Rustam Sa’diyev “Kuydirgi” deb nomlangan ijtimoiy komediya suratga oldi. Uning aytishicha, ushbu film 2020—2021-yillarning “super xiti” bo‘ladi.

Farzandsiz ayol dardi ochib berilgan “Ayol dardi” hind filmi suratga olinganiga 20 yil to‘ldi. Kartinada bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Priti Zinta avvaliga Salmon Xon bilan ishlashga biroz cho‘chigani, keyin esa uni yaxshi ko‘rib qolganini yozib qoldirdi.

Xonanda Jahongir Otajonov o‘zini ichib, chekib qo‘shiq aytadi, deb o‘ylaydiganlarga murojaat yo‘lladi. “Ba’zilar buni otib ketish kerak, deb yozibdi. Ko‘chada bir o‘zim yuraman, qo‘lingdan kelsa, miltig‘ing bo‘lsa, otib ket”, — deydi xonanda.

Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Ravshan Sobirov folloverlariga gitara chalib berdi.

View this post on Instagram

Guitar time 🎸

A post shared by Ravshan (@ravshansobirov) on

Raqqosa Parizoda sahifasiga qo‘ygan yangi videosi bilan farzand kutayotganini oshkor qildi.

Reper Shohruh “Millionlar” deb nomlangan yangi taronasini taqdim etdi.

Gollivud aktyori Mark Ruffalo folloverlarini niqob taqishga chaqirdi.

Xonanda Munisa Rizayeva koronavirusdan tuzaldi va unga shifoxonadan uyga javob berildi. Bu haqda u Instagram’dagi Stories orqali ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @munisarizayeva