• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “U nari borsa pochta vaziri bo‘lishi mumkin edi”. Adolf Gitler Germaniya hokimiyati tepasiga kelganiga 87 yil bo‘ldi

    87 yil oldin Germaniyada hokimiyat tepasiga Adolf Gitler keldi. Nemis xalqi bunga qanday yo‘l qo‘ygan? Qanday qilib fyurer hokimiyatni tortib oldi? Yoki tortib olish emasmidi bu? Qanday bo‘lmasin, ushbu davrda “demokratlarsiz demokratiya” qurmoqchi bo‘lgan Veymar respublikasi, Germaniya va butun Yevropani misli ko‘rilmagan fojiaga olib kelgan diktaturaga bosqichma-bosqich yaqinlashib borardi...

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Reyxstagdagi xaos

    Veymar respublikasi Birinchi jahon urushidan keyingi vayronagarchiliklardan asta-sekin chiqib keta boshladi, ammo 1929-yilda boshlangan global iqtisodiy inqiroz, Germaniyada ishsizlikning o‘sishi va Versal shartnomasi bo‘yicha to‘lanadigan tovon yuklari mamlakatni og‘ir muammolarga duchor qildi. 1930-yil mart oyida umumiy moliyaviy siyosat borasida parlament bilan kelisha olmagan keksa prezident Paul fon Gindenburg endi parlament ko‘pchiligiga tayanmaydigan va faqat prezidentning amriga bo‘ysunuvchi yangi kanslerni tayinladi. Reyxstag endi kansler tayinlanishi va hukumat shakllanishiga ta’sir qilolmasdi, biroq ularni olib tashlashi mumkin edi. Reyxstagda xaos boshlangan edi.

    Oxir-oqibat yangi kansler Genrix Bryuning mamlakatda tejamkorlik siyosatini joriy etdi. Bundan norozi odamlar esa juda ko‘plab topilardi. 1930-yil sentabr oyida Reyxstagga o‘tkazilgan saylovlarda, Adolf Gitler boshchiligidagi Germaniya Sotsialistik ishchilar partiyasi (NSDAP) o‘z mandatlari sonini 12 tadan 107 tagacha, kommunistlar esa 54 tadan 77 tagacha ko‘paytirib oldi. Shunday qilib, o‘ng va so‘l qanot ekstremistlari birgalikda parlamentdagi o‘rinlarning uchdan bir qismini qo‘lga kiritdi. Bunday sharoitda har qanday konstruktiv siyosat deyarli imkonsiz edi.

    Agar kommunistlar o‘shanda sotsial-demokratlar bilan birgalikda harakat qilsa, natsistlarni to‘xtata olishlari mumkin edi, ammo Moskva kommunistlarga sotsial-demokratlar bilan muomala qilishni umuman taqiqlagan: Stalin sotsial-demokratlarni asosiy dushmanlar deb hisoblardi. Ammo fashistlar bir muddat kommunistlarning ittifoqchilariga ham aylandi: 1932-yilda ular kommunistlar bilan birga Berlin shahrini falaj qilib qo‘ygan transport xodimlarining qo‘shma ish tashlashini o‘tkazdi.

    G‘alati yefreytor

    1932-yilgi yangi saylovlarda natsional-sotsialistlar 37 foiz ovoz to‘pladi va garchi ular mutlaq ko‘pchilikka ega bo‘lishmagan bo‘lsa-da, Reyxstagdagi eng kuchli fraksiyaga aylandi. Gitler hokimiyatni faqatgina boshqaruv tepasidagi elita qo‘lidan olishi mumkin edi, shu sababli Gitler ushbu elita tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga intildi. U shunday qo‘llovni biznes hamjamiyatining nufuzli a’zolaridan topdi. 1932-yil avgustda Gitler katta kapitalga, o‘zining saylovdagi muvaffaqiyatlariga va fashistlarning ko‘chalarda amalga oshirayotgan shafqatsizliklariga tayanib, Gindenburgga uni Reyxkansler etib tayinlashini talab qilib murojaat qildi. Gindenburg buni rad etdi: u “g‘alati yefreytor”ni mensimadi, prezidentga ko‘ra, “Gitler nari borsa pochta vaziri bo‘lishi mumkin edi, lekin kansler emas”.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo Gindenburg 1933-yil 30-yanvardagi bosimga bardosh bera olmadi. Biroq Gitlerning birinchi kabinetida fyurerdan tashqari natsistlar 11 tadan ikkitagina vazirlik lavozimlarini egallashgan xolos. Gindenburg va uning maslahatchilari Gitlerning qurollangan “jigarrang ko‘ylaklar” harakatini o‘z maqsadlari uchun ishlatishga umid qilishgan. Biroq bu umidlar xayoliy bo‘lib chiqdi. Gitler tezda o‘z kuchini mustahkamlashga kirishib ketdi. Reyxkansler etib tayinlanganidan bir necha hafta o‘tgach, Germaniyada favqulodda holat e’lon qilindi.

    Odatda fashistlar tomonidan “hokimiyat egallab olingani” haqida ko‘p gapiriladi. Ammo Gitler 1933-yil yanvarida xalqning unga nisbatan bo‘lgan muhabbat to‘lqini bilan hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan, degan gaplar ham bor. Uchinchi reyx qulagandan so‘ng esa yana o‘sha “hokimiyatni tortib olish” tezislariga qaytilgan va Gitler davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyatga kelgani va nemis xalqi uning qurboni bo‘lgani haqida gapirila boshlangan.

    Xalqning muhabbat to‘lqini?

    Aslida ikkalasi ham yolg‘on. 1933-yil 30-yanvarda Adolf Gitler Germaniyaning o‘sha paytdagi konstitutsiyasiga muvofiq ravishda Reyxskansler deb e’lon qilingan. Bu “egallab olish” emas, balki hokimiyatni “topshirish” edi. Gitler mamlakat parlamenti bo‘lgan Reyxstagdagi eng kuchli partiyaning raisi edi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, 1932-yildagi biron-bir saylovda uning partiyasi 40 foizdan ko‘p ovoz to‘plamagan. Noyabr oyida uning reytingi hatto 33 foizgacha tushgan.

    Oxir-oqibat u butun qit’ani falokatga olib boruvchi mamlakatning rahbari bo‘ldi. “Qanday qilib Gitler kabi inson mamlakatdagi eng yuqori davlat lavozimini egallashi mumkin?”, degan savollarga javob sifatida yozilgan kitoblardan hozir butun boshli kutubxonalar tashkil qilish mumkin. Ammo o‘sha davrda ham hozir ham ko‘pchilik uning o‘zi tomonidan 1923-yilda yozilgan kitobni e’tibordan chetda qoldiradi. Axir u o‘zining barcha jinoiy maqsadlarini “Mayn Kampf” kitobida ochiq-oydin bayon qilgan edi: yevropalik yahudiylarni yo‘q qilish va sharqdagi harbiy harakatlar.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qanday qilib bunday odam o‘zini Gyote kabi shoirlar va Shopengauer kabi mutafakkirlar yurti deb bilgan xalqning boshida bo‘lishi mumkin? Birinchi jahon urushining natijasi va milliy kamsitilish hissi bu yerda qanday rol o‘ynaydi? Har uchinchi nemisni ishsiz qoldirgan buyuk iqtisodiy inqiroz-chi? Yoki bu 1933-yilgacha ham nemislarni dahshatga solgan Gitlerning yuz ming sonli shturmchi otryadlarining oldidagi qo‘rquv bilan bog‘liqmidi?

    Elitalar xatosi

    Bir narsa aniq: Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan, keyinchalik undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan mamlakatning konservativ elitalari noto‘g‘ri hisob-kitob qilishgan. Gitler partiyasiga hech qachon ovoz bermagan 60 foiz nemislarning ham “Gitler oldingi kanslerlar kabi tez kelib ketadi”, degan umidlari amalga oshmadi.

    Ammo Gitler hokimiyatni qo‘lga kiritgach, oxirigacha uni qo‘yib yubormadi. Bir necha oy ichida u mamlakatda terrorga asoslangan diktaturani o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1933-yil fevral oyida yangi Reyxkansler matbuot va yig‘ilishlar erkinligini bekor qildi, mart oyida parlamentni hokimiyatdan mahrum qildi, aprel oyida federal shtatlar hukumatlarini bekor qildi, may oyida erkin kasaba uyushmalarini tarqatib yubordi va iyulda natsional-sotsialistiklardan tashqari barcha partiyalarni taqiqladi. Yahudiylarga tegishli do‘konlarga boykot e’lon qilindi va yahudiylarga shifokor, advokat, jurnalist, maktab o‘qituvchisi va universitetlarda o‘qituvchi bo‘lib ishlash taqiqlandi. 1933-yilning bahorida esa siyosiy mahbuslar uchun birinchi konslagerlar tashkil etildi.

    1934-yil 2-avgustda Veymar respublikasining prezidenti Paul fon Gindenburg vafot etdi. Fashistlar hukumati shu kunning o‘zida prezident lavozimini endi Reyxskansler lavozimiga qo‘shib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Prezidentning barcha oldingi vakolatlari Reyxskansler – fyurerga berildi. Totalitar davlatga o‘tish yakunlandi.

    Xulosa

    Hammasi bir necha oylar ichida juda tez sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, fyurer hech qanday uyushgan qarshilikka duch kelmadi. Aksincha, mamlakatda ishsizlik darajasi pasaygani sari xalq orasida Gitler rejimini qo‘llab-quvvatlash o‘sib bordi. Ehtimol, nemislarning 1933-yildagi asosiy aybi — ularning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini oniy bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka almashganlaridadir. Buning uchun ular muloyimlik bilan muntazam ravishdagi zulmga, keyin esa butun boshli xalqlarni yo‘q qilishga rozi bo‘lishdi. Mamlakatda avvaliga natsional-sotsializm g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydigan kitoblar yoqildi, keyin esa gulxan navbati insonlarga keldi... Ammo bu endi boshqa hikoya.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    02.08.2020, 15:24   Izoh (0)   71110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Crew Dragon kosmik kemasi Yerga qaytish uchun Xalqaro kosmik stansiyadan ajraldi

    02.08.2020, 10:50

    Tramp TikTok’ni AQSh hududida taqiqlamoqchi ekanligini ma’lum qildi

    02.08.2020, 09:32

    Koronavirus pandemiyasi Yevropa iqtisodiyotini 10-20 yil ortga surgani ma’lum qilindi

    02.08.2020, 09:11

    Jirinovskiy Lukashenkoga prezidentlik saylovlaridan voz kechishni maslahat berdi

    02.08.2020, 08:08

    Bill Geyts, Ilon Mask va Barak Obamaning Twitter akkauntlarini 17 yoshli o‘spirin buzgani ma’lum bo‘ldi

    02.08.2020, 07:21

    AQShdagi hayvonot bog‘i 114 yil avval afrikalik yigitni maymunlar qafasiga eksponat sifatida qo‘ygani uchun uzr so‘radi

    02.08.2020, 07:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.