O‘zbekistonda 2020-yil 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 206 kishiga ko‘payib, 23 078 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarining

  • 130 nafari Toshkent shahrida,
  • 40 nafari Buxoro viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning xabar berishicha, 30-iyul kuni Toshkent shahrida 276 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar hamda Buxoro viloyatda ham 6 nafar, jami 495 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 13 432 nafar fuqaro sog‘aydi va tuzalish ko‘rsatkichi 58 foizni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu kunga qadar koronavirus oqibatida 134 kishining vafot etgani haqida ma’lum qilgan.

Hozirda mamlakatda 9512 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.