Turkiyalik taniqli aktyor Kivanch Tatlitug‘ning 40 yoshli rafiqasi Bashak Dizer farzand kutmoqda. Bu haqda “Rusturkey.com” xabar berdi.

Foto: Gece

Kivanch va Bashak hozirda Bodrum shahrida hordiq chiqarmoqda. Shuningdek, aktyorning rafiqasi shifokorlar nazoratida ona bo‘lishga tayyorlanmoqda.

Bashakning homiladorligi yaxshi o‘tmoqda, biroq Kivanch shifokorlardan rafiqasi salomatligini nazorat qilib turishni so‘ragan.

36 yoshli Tatlitug‘ intervyularda bir necha marta ota bo‘lish uning orzusi ekanligini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Kivanch Tatlitug‘ “Taqiqlangan sevgi”, “Menekshe va Xalil”, “Kurt Seit va Aleksandra” kabi seriallarda suratga tushgan.