• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Yaponiya brendi — “Oshin”ning o‘zbekcha gapirganiga 20 yil to‘ldi

    Yaponiya kinoijodkorlarining “Oshin” teleasari mamlakatda seriallashtirilgan ilk televizion drama hisoblanadi. Sugako Xashida ssenariysi asosida Eguchi Hiroyuki tomonidan suratga olingan serial dastlab 1983—1984-yillarda NHK kompaniyasida namoyish qilinadi.

    Foto: Twitter

    “Oshin”da kambag‘al dehqon xonadonida tug‘ilgan yapon qizining o‘z otasi tomonidan uy xizmatiga sotilgan paytidan boshlab, oilasining boylikka va muvaffaqiyatga erishishga qadar bo‘lgan hayoti hamda qiyinchiliklari tasvirlanadi.

    Serial qisqa vaqt ichida dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishadi. Singapur, Tailand, Xitoy, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Braziliya, Misr singari jahonning yetmishga yaqin mamlakatida arabchadan to ingliz tiligacha bo‘lgan subtitrlar bilan ommaga havola etiladi.

    Mazkur serial o‘zbekchaga ham tarjima qilinib, shu paytga qadar uch- to‘rt marotaba telekanallarda efirga uzatilgan. “Oshin” bugungi karantin davrida ham “O‘zbekiston” kanali orqali tomoshabinlar xonadoniga tashrif buyurmoqda. “Daryo” muxbiri serialning o‘zbek tiliga tarjima va dublyaj qilish jarayonlari qanday kechganligiga qiziqib, bir qator ijodkorlar bilan suhbatlashdi.

    “Serialni Yaponiya hukumati tuhfa etgan”

    Shamsiddin Hisomiddinov, dublyaj rejissori:

    — Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillarda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘plab sohalarni mustahkamlashga katta ahamiyat qaratilgan. Madaniy aloqalarning amaldagi namunasi sifatida Yaponiya hukumati “O‘zbekiston” telekanaliga “Oshin” serialining ingliz tilidagi variantini sovg‘a qilgan.

    O‘sha paytlarda faqat “O‘zbekiston” kanalida dublyaj studiyasi bo‘lardi, xolos. Bugunga kelib esa bunday studiyalar har bir telekanalda mavjud. Serialni ovozlashtirish vazifasi men ishlaydigan kino muharririyati bo‘limiga topshirilgan. Biz jamoa bilan 2000-yilda ishga kirishganmiz.

    Serial yosh talaba qiz Hulkar A’zam hamda bir qancha tarjimonlar mehnati sabab o‘zbekchaga tarjima qilingan. 297 qismdan iborat katta hajmli teleasarning avvaliga 10 qismini dublyaj qilib, efirga uzatganmiz. Keyin jamoadoshlar haftada bir necha kun yig‘ilib, o‘nlab qismni oldindan tayyorlab qo‘yardik va serial tartib bo‘yicha tomoshabinlarga havola qilinardi. Shu tarzda tarjima va dublyajga bir yil umrimiz ketgan.

    Foto: Getty Images

    Dublyajda juda kam aktyorlar: Omon Abdurazzoqov, Oybarchin Bakirova, Sanjar Sa’dullayev, Sayyora Yunusova va Gulchehra Jamilova ishtirok etgan. Ular qahramonlarning ruhiy holatini his qilib, ovoz berishgani uchun ham hozirgacha serial dublyajini ko‘pchilik maqtaydi. Kamina, muharrir Dilshod Shams, ovoz rejissori A’zam Bahromov va aktyorlar bir oiladek ahil bo‘lib ijod qilganmiz.

    “Oshin” O‘zbekistondagi birinchi televizion dublyaj ishlaridan sanaladi. Unga qadar Yaponiya seriallaridan birortasi o‘zbekchaga dublyaj qilinmagan. “Oshin” televideniyeda namoyish qilingach, ilk qismlaridanoq reytingi ancha yuqorilagan. Tomoshabinlarning deyarli barchasiga manzur kelgan va yurtimizning turli hududlaridan minnatdorlik maktublari kelardi. Hozir ham serialni sevib ko‘ruvchilar orasida o‘zbekistonliklarning millionlab ekanligi shubhasiz!

    “Oshin”ni 18 yoshimda tarjima qilganman”

    Serial tarjimoni Hulkar A’zam

    Serial tarjimoni Hulkar A’zam
    Foto: Hulkar A’zamning shaxsiy arxividan

    Hulkar A’zam, serial tarjimoni:

    — Ziyoli oilada tug‘ilib, o‘sganim hamda ota-onam: taniqli adib Ahmad A’zam va shoira Farog‘at Kamolning adabiyot olamidagi yutuqlari-yu tarjimonlik faoliyati tufayli menda ham ushbu sohaga havas uyg‘ongan.

    “Oshin” serialini ingliz tilidan o‘zbekchaga o‘girgan paytlarim 18 yoshda edim. O‘shanda Toshkent davlat iqtisodiyot universtetining birinchi bosqichida o‘qirdim. Yosh bo‘lishimga qaramay, menga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlagan “O‘zbekiston” telekanali xodimlaridan haligacha minnatdorman.

    Tarjima jarayoni bir yilga yaqin davom etgan. Serialning dastlabki qismlarini akalarim va bir qancha tengdosh yigitlar birgalashib tarjima qilganmiz. Tajribam oshganidan keyin qolganini to‘liq zimmamga olganman. Dublyajdan ko‘nglim to‘lgan. Mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan ustozlarning ovoz berish jarayonlarini kuzatganim ham omadim, deb o‘ylayman.

    Foto: Getty Images

    Oshindagi menga yoqadigan jihatlar shuki, u juda kuchli va hech qachon taslim bo‘lmagan, yuzida tabassum bilan doimo yaxshi hayotga intilgan. Uning xarakterini yuqori baholayman: kuchli va qat’iyatli, ammo kamtar va sadoqatli. O‘zbek ayollariga juda yaqin timsol.

    “Oshin” ilk tarjimonlik ishim. Undan so‘ng koreyalik kinoijodkorlarning “Qish sonatasi” va “Yoz ifori” teleseriallarini tarjima qilganman. Bu sohadagi faoliyatim qisqa kechgan bo‘lsa-da, biroq juda maroqli va go‘zal xotiralarga boy o‘tgan. Oliy ta’lim muassasasining bank ishi yo‘nalishini tamomlagach, mehnat faoliyatimni diplom bo‘yicha davom ettirishga qaror qilganman. O‘n yildan beri Londondaman. Hozir bu yerda investitsion korxonada ishlayman. “Oshin”ning tarjima qilish jarayonida orttirgan tajribamning professional karyeramda ma’naviy o‘rni juda katta.

    “Ko‘plab sahnalar pavilyonda suratga olingan”

    Sanjar Sa’dullayev

    Sanjar Sa’dullayev
    Foto: Google Images

    Sanjar Sa’dullayev, dublyaj aktyori:

    — Rejissor Shamsiddin Hisomiddinov serialning dublyaj ishida qatnashishimni so‘raganida, hech ikkilanmay rozilik bildirganman. Chunki unga qadar Yaponiya kino mahsulotlari, ayniqsa, teleseriallar qahramonlariga ovoz bermaganman. Besh nafar aktyor 300 qismga yaqin serialni 11 oy davomida dublyaj qilganmiz.

    “Oshin” ancha yillar oldin suratga olingan bo‘lsa-da, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan har bir davrda tomosha qilinadi va o‘z qiymatini yo‘qotmaydi. Agar hozirgi yoshlar bu serialni sabr qilib, boshidan oxirigicha ko‘rishsa, o‘zlariga yetarlicha xulosa chiqarishadi.

    Foto: Videodan srinshot

    Serialdagi aktyorlar jamoasi, betakror kadrlar film muvafaqqiyatiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab sahnalarning pavilyonda syomka qilingani tomoshabinga sira sezilmaydi. Chunki judayam ishonarli chiqqan. Oshinning bolaligini ijro etgan qizaloqni ham rejissorning omadi, deyish mumkin. Negaki, yozuvchi asariga mos tushgan qiyofa serialni yanada mashhur qilgan.

    “Ovoz berish paytida juda qiynalganman”

    Sayyora Yunusova

    Sayyora Yunusova
    Foto: MyDay

    Sayyora Yunusova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

    — 2000-yilga qadar ham kino va multfilm qahramonlariga ovoz berib yurganman. “Oshin” esa dublyajdagi birinchi serialim bo‘lib, unda bosh qahramon Oshin va bir qancha aktrisalarni o‘zbekcha gapirishiga hissa qo‘shganman.

    Bilasizmi, ko‘pincha biror teleasarning ovozlashtirish jarayonida aksariyat aktyorlar sizga yordam bergisi kelmaydi. Kichkina xato qilsangiz ham boshqacha nafas olib qo‘yishadi yoki qarashi o‘zgaradi. “Oshin”ga ovoz berish paytida juda qiynalganman. Chunki bu katta qismli film edi. Ammo atrofimdagi tajribali dublyaj aktyorlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli vazifamni sifatli bajarishga intilganman. Ayniqsa, rahmatli Oybarchin opam hamisha dalda bo‘lib, meni ruhlantirib turardi.

    Foto: Getty Images

    Oshinga ovozim mos tushganligi uchunmi, hozirgacha qayerga bormay, muxlislarim shu serialga taalluqli savollar berishadi. Bu esa, albatta, meni xursand qiladi. “Oshin” ijodiy faoliyatimda alohida ahamiyatga ega.

    Serial dublyajidagi ishtirokimga qancha miqdorda gonorar olganim aniq esimda yo‘q. Lekin gonorarimni to‘plab, Yaponiyada ishlab chiqarilgan changyutkich xarid qilganman. O‘sha “Oshin”dan esdalik bo‘lib qolgan (kuladi).

    26.07.2020, 10:43   Izoh (0)   83609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekkino” nomi Kinematografiya milliy agentligiga o‘zgartirilishi mumkin

    24.07.2020, 14:29

    “Taksi” muvaffaqiyatidan keyin film yulduzi Sami Naserining hayoti qanday kechdi?

    24.07.2020, 09:37

    Orlando Blumning bir hafta oldin yo‘qolgan iti o‘lib qoldi. Aktyor sevimli jonivori xotirasiga tatuirovka chizdirdi

    23.07.2020, 19:43

    Bollivudning eng mustahkam va namunali oilalari (foto)

    23.07.2020, 10:25

    90-yillarning eng mashhur seriali — “Maxfiy hujjatlar” haqida qiziqarli faktlar

    22.07.2020, 21:32

    Sharliz Teron “O‘lmas gvardiya” filmi suratga olish jarayonida jarohat olib, 3 ta jiddiy operatsiyani boshidan o‘tkazdi

    22.07.2020, 13:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.