Instagram’dagi Mithun H. taxallusi ostida faoliyat yurituvchi suratkash leopard va qora panteraning noyob suratini e’lon qildi. U mazkur suratga “Abadiy juftlik” deya nom bergan. Mithunning so‘zlariga ko‘ra, u bitta shu suratni olish uchun olti kun vaqt sarflagan, deb yozadi Esquire.

Foto: Instagram / Mithunh photography

“Bu, albatta, sabr-toqat talab qildi. Pantera va (urg‘ochi leopard) Kleopatra taxminan 100 metrlarda juft bo‘lib yurganini eshitgan edim, biroq ularni ko‘ra olmadim. Shu sabab bitta nuqtada 6 kun kutishimga to‘g‘ri keldi”, — deydi Mithun.

Suratga bo‘lgan qiziqish optik illyuziya sabab ortib ketgan. Saya (pantera) va Kleopatra (urg‘ochi leopard) bir-biriga nisbatan deyarli bir xil holatda turgan. Shu sababli pantera leopardning soyasiga o‘xshab qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mithun turli yovvoyi mushuklarni suratga olishga qiziqadi. U leopard va panteralarni National Geographic’ning “Haqiqiy qora pantera” loyihasi uchun kuzatgan. Mithunning Instagram’dagi sahifasida leopard, yo‘lbars va boshqa yirtqichlarning o‘nlab suratlarini ko‘rish mumkin. Suratkash 150 mingdan ortiq obunachiga ega.

Qora panteralar keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarga ko‘ra, alohida tur emas. Bu leopard yoki qora rangli yaguarlarning genetik versiyasi. Ilm-fanda bu kabi hodisa melanizm deyiladi.