Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Real” sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Ispaniya chempionati mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.

Foto: FootBoom

Foto: FootBoom

“ “Real” garchi o‘zining barqaror o‘yini tufayli g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, “Barselona”ning o‘yini sustlashganidan foydalanib, uning gegemonligiga chek qo‘ydi.

Zidan — ajoyib murabbiy. U jamoaga aynan nima kerakligini yaxshi biladi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va xarizmasi yuqori. Zidan almashtirishlar va o‘zgarishlarning ahamiyatini juda yaxshi tushunadi.

Ammo “Barselona”ning bunday muvaffaqiyatsizlikka uchrashini ko‘rish juda g‘alati. Valverdening ishdan olinishi kutilmagan hodisa bo‘ldi. Setyen davrida jamoa parchalanib ketdi. “Barselona” yaqin vaqt ichida qiyinchiliklarga duch keladi. Biroq Messi hali ham daho. “Barselona” — bu Messi”, — deydi Kapello.

Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, “Real” 87 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Barselona” esa 82 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

Lionel Messining “El-Klasiko”lardagi top-5 golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi