• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat bu zuluklardan kechib maydonni mard, halol, mas’uliyatli raqobatchilarga tezroq bo‘shatib berishi kerak” — Rasul Kusherbayev monopolistlar haqida

    Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari haqida ma’lumot bergandi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu jamg‘arma xarajatlarining katta qismi monopoliyalarga ajratilganiga e’tibor qaratdi va bunga o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Deputat koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun mamlakat bo‘yicha 907 milliard, shifoxona va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun jami 684 milliard so‘m ajratilgan bir vaqtda, ssuda tariqasida Uzbekistan Airways’ga 406 milliard, Uzbekistan Airports’ga 101 milliard, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJga 40 milliard, “Hududiy elektr tarmoqlari”ga 250 milliard, shuningdek, “O‘zbekneftgaz”ga subsidiya hisobida  401 milliard, “Issiqlik eelektr stansiyalari”ga esa 500 milliard, so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratilganini qayd etib, “Bir nechta monopolistga ajratilgan mablag‘ jami koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilayotgan mablag‘dan ham ko‘p. Bu insofsizlik emasmi?”, — deb aytdi.

    “Iste’molchi sifatida xalqimizga tanlov imkoniyatini bermaydigan hurmatli monopolchilarimizni faoliyatidan odamlarimiz shu kunga qadar rozi bo‘lib kelganda ham alam qilmasdi. Ayting qaysi biridan biz rozimiz: dunyoda neft narxi minus darajaga tushgan vaqtda ham benzin narxini bir ikki haftaga nomiga tushirib, yana qaytarib qo‘ygan ‘o‘yinchi” ‘O‘zbekneftgaz’danmi, bilet narxlari osmon, sifati past Uzbekistan Airways nomli havo yo‘llaridanmi yo joylarda normal chiroq yoqib o‘tirishdan ham mahrum qilayotgan elektr tarmoqlaridanmi?”, — deyiladi deputat munosabatida.

    “Mana monopoliyaning oqibati: ular davlat va xalqni tanasidagi zulukdek o‘lguncha so‘rishadi, xalq kulsa ham o‘lsa ham ular doimo yuk, millionlab odamlar bir nechta ‘erkatoy’ni boqishga mahkum bo‘ladi. Shu sabab, davlat bu zuluklardan kechib maydonni mard, halol, mas’uliyatli raqobatchilarga tezroq bo‘shatib berishi kerak”, — deya xulosa qildi Rasul Kusherbayev.

    Energetika vazirligi uning bu munosabatiga javob qaytardi

    Vazirlik “O‘zbekneftegaz”, “Issiqlik elektr stansiyalari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” uchun ajratilgan subsidiya shaklida davlat yordami ko‘rsatilganligini iste’molchilarni, birinchi navbatda O‘zbekiston aholisini muntazam ravishda sifatli gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash zaruriyati bilan izohladi. Shuningdek, ushbu mablag‘larning ajratilishi to‘g‘risidagi qaror Prezident qaroriga asosan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinganligini qayd etdi.

    “Ma’lumki, elektr va gaz ta’minoti sohalari barqaror faoliyat yuritishi uchun katta moddiy xarajatlar talab qilinadi. Bu eng avvalo, har kunlik jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, unda ulkan sanoat zanjiri ishtirok etadi. Ushbu zanjir tarkibida elektr energiya ishlab chiqaruvchi, yer qa’ridan gaz oluvchi, uni yetkazib berish, taqsimlash bilan, ayni paytda gaz va elektr ta’minoti tizimlarining holatini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar mavjud.

    Bundan tashqari, har yili yoz faslida bu sohada butun tizimni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, yilning sovuq faslida uzulishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha ishlar olib boriladi”, — deyiladi vazilik javobida.

    Shuningdek, Energetika vazirligi, karantin davrida O‘zbekiston aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiya va gaz ta’minotidan ularning iste’moli uchun o‘z vaqtida haq to‘lamaganlarni tarmoqdan uzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi va tizimning faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ularning iste’moli uchun kelib tushayotgan mablag‘lar o‘rtasida uzulish vujudga kelganligini, ta’kidladi.

    “Ayni paytda, to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar budjetga qaytariladi”, — deyiladi xabarda.

    Energetika vazirligi “deputat Rasul Kusherbayevning balandparvoz fikrlarni bildirishdan avval o‘zi tilga olgan tuzilmalarga murojaat qilgan taqdirda, u shubhasiz tegishli javoblarni olgan bo‘lar edi. Mas’uliyati shaxslar tomonidan bildiriladigan fikrlar masalaning mohiyatini yaxshi bilishga asoslanishi kerak. Buning natijasida faqat asossiz da’volarga o‘rin qolmas edi”, — deya ta’kidladi.

    Vazirlik pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan, Yevropa komissiyasi, AQSh hukumati va boshqa mamlakatlar hukumatlari tomonidan qabul qilinayotganligini eslatdi.

    Avvalroq Kusherbayev UzAuto Motors’ning tez yordam xizmati uchun Damas’larni ham oshirilgan narxda sotayotganini tanqid qilgan, “O‘zavtosanoat” uning tanqidiga javob qaytargan, deputat esa “siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”, deb javob bergandi.

    23.07.2020, 13:57   Izoh (0)   50926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga yarim yil davomida qancha turist tashrif buyurgani ma’lum qilindi

    23.07.2020, 13:42

    Farg‘onada stikeri yo‘qligi sabab mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan fuqaro o‘zini osishga urindi

    23.07.2020, 12:43

    Prezident O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini beruvchi qonunni imzoladi

    23.07.2020, 12:13

    O‘zbekistonga o‘tgan yarim yil mobaynida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi

    23.07.2020, 11:59

    Xorazm hokimining aholiga murojaatidan so‘ng viloyatga 20 ta tez tibbiy yordam mashinasi olib kelindi

    23.07.2020, 11:44

    Xitoyda COVID-19 aniqlanganlar soni bir sutkada 22 kishiga, Janubiy Koreyada 59 kishiga oshdi

    23.07.2020, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.