Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AOKAda 2020-yilning 22-iyul kuni Davlat test markazi rasmiylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarning test sinovlariga oid o‘nlab savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “UzReport”

Foto: “UzReport”

DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning aytishicha, imtihon kuni tana harorati yuqorilagan abituriyentlarga test sinovlari to‘liq yakunlangach, imtihon topshirish imkoni beriladi.

Barcha abituriyentlarning tana harorati test o‘tkaziladigan hududga kirish jarayonida tekshiriladi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lganlar o‘sha yerda tibbiyot xodimlari nazoratidan o‘tadi. Agar harorati tushmaydigan bo‘lsa, imtihonga kiritilmaydi va unga test sinovlari butunlay tugagaganidan so‘ng to‘rt kun o‘tgach, bir kun vaqt beriladi.

Masalan, imtihon bir oy, ya’ni o‘ttiz kun davom etsa, tana harorati yuqori abituriyentlar uchun o‘ttiz to‘rtinchi kuni imtihon bo‘ladi.

Agar abituriyentda kasallik alomatlari aniqlanib, tuzalmasa, ya’ni unga SSV tomonidan xulosa berilmasa, u joriy yil test sinovlariga qo‘yilmaydi”, — dedi Rajabov.

Mazkur savol bo‘yicha DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov shunday fikr bildirdi:

“Abituriyentda COVID-19 aniqlansa, shifokor xulosasiga asosan, testga kiritilmaydi va keyingi yil imtihon topshirishiga to‘g‘ri keladi. Koronavirusga chalingan abituriyentlarga hujjat topshirish paytida qilgan to‘lov summasi qaytarib berilmaydi. Chunki imtihonga qadar u abituriyent uchun ham suv, ruchka olinadi, nazoratchi tayinlanadi. O‘tgan yili ham pul to‘lab, testga kelolmaganlarga mablag‘i qaytarilmagan”, — dedi Sardor Rajabov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?