Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vebster universitetidagi Master of Arts in Teaching English as a Second Language (MA TESL - Ingliz Tilini Ikkinchi Til Sifatida O‘rgatish Magistratura Dasturi) dasturi bir yil davom etuvchi intensiv o‘quv kursidir. Ushbu dastur barcha darajadagi, ya’ni boshlang‘ichdan tortib to tajribali bo‘lgan o‘qituvchilarga yo‘naltirilgan. Toshkent filialida ushbu dastur ESL / EFL Education Emphasis (English as a Foreign Language — ingliz tili chet tili sifatida) ixtisosligi bo‘yicha taqdim etiladi. O‘quv yilining oxirida talabalarga amerika namunasidagi MA in TESL diplomi, shuningdek, Teaching English as a Foreign Language sertifikati beriladi.

Yil davomida barcha narsa talabalarni samarali til o‘qituvchisi sifatida tayyorlashga qaratilgan. Dastur talabalarga til tuzilishi, birinchi va ikkinchi tillarni o‘zlashtirish nazariyasi, o‘quv dasturi va materiallarini ishlab chiqish, o‘qitish usullari, baholash va tadqiqot kabi mavzularni o‘z ichiga olgan mustahkam nazariy asosni yaratishga imkon beradi. Tadqiqot tarkibiga nazariy mashg‘ulotlar va topshiriqlardan tashqari, amaliy mashg‘ulotlarni ham kiradi, uning davomida dastur o‘qituvchilari talaba-o‘qituvchi darslarida qatnashadilar. Dastur talabasi o‘z navbatida o‘qituvchi tomonidan ham nazorat qilinadigan tavsiyalarni oladi.

Dasturning maqsadi - sinfda texnologiyadan faol foydalanadigan, o‘z samaradorligini, shuningdek, o‘quvchilarining yutuqlarini ob‘ektiv ravishda o‘lchab boradigan va dolzarb o‘quv uslublariga rioya qiladigan zamonaviy o‘qituvchilarni shakllantirish. Shu bilan birga, birinchi oliy ma‘lumotga va ma‘lum darajada ingliz tili bilimlariga ega bo‘lgan har qanday shaxs o‘zi istasa, MA TESL dasturiga kirishi mumkin. Hujjatlarni topshirish to‘liq onlayn rejimda amalga oshiriladi. Abiturient profil yaratadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va hujjatlarni raqamli formatda yuklaydi. Bundan tashqari, OTMda kirish imtihonlari mavjud emas va bakalavrlik darajasi baholari hisobga olinadi.

Faqat uchta hujjat talab qilinadi - ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi test natijalari, bakalavr diplomi va baholari ko‘rsatilgan ilova va pasport nusxasi. Dasturga kiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida IELTS sertifikati bo‘lmagan taqdirda onlayn ravishda topshirilishi mumkin bo‘lgan bir qator ingliz tili imtihonlarining, jumladan, Duolingo English Test, TOEFL iBT, LanguageCert, IELTS Indicatorlarning natijalari qabul qilinadi. Ariza onlayn tarzda topshirilgandan so‘ng, uni ko‘rib chiqish uchun 14 kun ketadi. Qabul komissiyasining qarori elektron pochta orqali yuboriladi.

MA TESL’ning navbatdagi guruhi o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini 2020-yil 17-avgustdan boshlaydi.

Dastur va unga kirish haqida qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +99890 975 33 00; +998909273300; +998900020735 yoki bizning www.webster.edu/uzbekistan veb-saytimizga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova