Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikaning Orinj shahridagi Hyperion Motors startapi XP-1 vodorod superkarining navbatdagi tizerini namoyish etdi. Biroq startap bu safar ham hech qanday tafsilotlarni oshkor etmagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Navbatdagi tizerda vodorod superkarining premyerasi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilingan — shu yilning avgust oyida.

Hyperion Motors firmasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Kompaniya vodorod generatsiyasiga asoslangan texnologiyalar va yoqilg‘i elementlariga oid agregatlarni yaratish bilan shug‘ullanadi, biroq faoliyatini hech qayerda e’lon qilmay keladi. XP-1 superkarining yuradigan prototipi 2015-yilda sinovdan o‘tkazilgan, ammo hozirgacha uning ishlash prinsipi noma’lumligicha qolmoqda. Kompaniya saytida esa “NASA texnologiyasi” va “oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik ixtirolar” to‘g‘risida so‘z boradi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Wuhan Grove Hydrogen Automobile kompaniyasi 2019-yilda vodorodda ishlaydigan, 1000 kilometr masofa zaxirasiga ega elektr transport vositasi prototipini taqdim etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi