Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chevrolet kompaniyasi 2002-yildan buyon konveyrdan chiqib kelayotgan Aveo modelini ishlab chiqarishdan oladi. So‘nggi nusxa AQShda joylashgan zavoddagi koveyrdan oktabr oyida chiqadi, deb xabar beradi Motor1.

Foto: “Agts.ru”

Foto: “Agts.ru”

Mazkur model AQShda Sonic nomi ostida sotuvga chiqqan.

Aveo/Sonic modelini ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida bundan ikki yil oldin ma’lum bo‘lgan. Kompaniya yengil avtomobillarni ishab chiqarishni yig‘ishtirib, uning o‘rniga asosiy e’tiborni krossover, yo‘ltanlamas va elektromobillar modelini kengaytirish hamda ishlab chiqarishga qaratmoqchi.

Ma’lumot uchun, Aveo dizaynini italiyalik mashhur dizayner Jorjetto Jujaro yaratgan.

Eslatib o‘tamiz, General Motor kompaniyasi 2018-yilning yanvarida Orlando’ni, sentabrda — Chevrolet Captiva’ni, dekabrda esa — Malibu modelini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish yakunlanganini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi