Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli bir qator obyektlar faoliyati, jumladan, parklar, buyum bozorlari, basseynlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy ovqatlanish obyektlari, bolalar oromgohlar, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati to‘xtatildi.

Foto: “Daryo”

Shu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish obyektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berildi:

  • tegishli obyektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
  • obyektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
  • sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli obyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
  • obyektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
  • xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlanadi.