O‘zbekistonda 2020-yil 7-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 128 kishiga ko‘payib, 10 587 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanganlarning
- 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida);
- 11 nafari Qoraqalpog‘istonda (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida);
- 2 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida;
- 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 3858 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.