Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayoni soddalashtirilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Koronavirus pandemiyasi sharoitida farzandingizni maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to‘planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-yil 6-iyuldan boshlab 2020/2021-o‘quv yiliga qabul qilishning elektron navbat tizimi yaratildi.

1-sinf qabuliga navbatga turish internet tarmog‘idagi ‘www.qabul.maktab.uz’ veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi”, — deyilgan vazirlik axborot xizmati bergan xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanishi, 1-iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul jarayoni boshlangani haqida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident