• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh tarixni o‘zgartirgan jang. Gettisbergdagi jang tarixi

    1861—1865–yillardagi Shimol va Janub urushi AQSh tarix kitoblarida ittifoqchilar va konfederatlar o‘rtasidagi jang yoki fuqarolar urushi sifatida eslanadi. “Daryo” XIX asrning o‘rtalaridagi tarixchilar nazarida eng shafqatsiz va ko‘plab qurbonlar bergan urush haqida hikoya qiladi.

    Gettisbergdagi jang xaritasi.

    Gettisbergdagi jang xaritasi.
    Foto: “wdl.org”

    1863 yil…

    1861—1865–yillardagi Shimol va Janub urushi AQSh tarix kitoblarida ittifoqchilar va konfederatlar o‘rtasidagi jang yoki fuqarolar urushi sifatida eslanadi. XIX asrning o‘rtalarida yuz bergan mazkur urush tarixchilar nazarida eng shafqatsiz va ko‘plab qurbonlar bo‘lgan jang sifatida qoldi. Gettisburg urushi shimolliklar va janubliklar o‘rtasidagi jangning shimolliklar g‘alabasining ta’minlanishida tub burilish yasadi.

    O‘sha kezlarda aksar oq tanlilar qo‘l ostida qora tanli qullar xizmat qilar, shimolliklar prezidenti Avraam Linkoln quldorlikka qarshi va quldorlikni butun AQSh hududida tugatish istagida edi. Biroq janubiy shtatlardagi quldorlar prezident Linkolnning quldorlikka qarshi siyosatini ma’qullamas va unga qarshi jang qilish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lishi, basharti jangda janub g‘alaba qozonsa, AQShda quldorlik rasman ta’n olinishini yaxshi anglagandi.

    O‘sha yilda 11 ta janubiy shtat AQSh tarkibidan chiqishni e’lon qildi va Amerika Konfederatlari shtati deb atalgan mamlakatga asos soldi. Mazkur voqea AQShda ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan fuqarolar urushini yuzaga keltirdi. Fuqarolar urushining dastlabki ikki yilida janubliklar shimolliklarga qarshi janglarda muvaffaqiyatga erisha boshladi.

    Bu esa janubliklarda urushda g‘olib bo‘lishga istakni kuchaytirdi, shu bois konfederatlar Chanselorsvilleda shimollik ittifoqchilar ustidan g‘alaba qozondi. Jangda askarlarning ruhi balandligi ham qo‘l keladi deyishlari o‘z isbotini topdi. General Robert Li agar janubliklar navbatdagi jangda ham g‘olib bo‘lsa, bu shimolliklar uchun katta psixologik zarba bo‘lishini yaxshi tushunardi. General Li imkoniyatni boy bermaslik uchun iyul oyida Shimolga qarshi katta jangga kirdi.

    Chapda Avraam Linkoln, o‘ngda general Robert Li.

    Chapda Avraam Linkoln, o‘ngda general Robert Li.
    Foto: Wikipedia

    Urushning boshlanishi

    1-iyul 1862-yil sanasida AQShning Pensilvaniya shtati Adams okrugidagi Gettisberg qishlog‘ida AQShning fuqarolar urushi davridagi eng ko‘p qon to‘kilgan janglar boshlandi. Mazkur jangda shu paytgacha yengilmas deb e’tirof etilgan general Robert Li qo‘shini janglardagi ilk mag‘lubiyatga uchradi. AQSh fuqarolar urushi tarixida dastlabki ikki yil mobaynida janubliklar yirik g‘alabalarga erishib kelgan bo‘lsa, jangdagi mag‘lubiyat janubliklarning harbiy rejalarida nuqsonlar mavjudligini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Voqealarning rivojlanishi: 1863-yilning may oyida general Robert Li konfederatlar prezidenti Jefferson Devisga murojaat qilib, Shimolga yurishning yangi rejalariga ruxsat berishni so‘raydi. Shimolliklarning so‘nggi bir necha oy davomida mag‘lubiyatga uchrashi janubliklarning hujum uyushtirishida mantiqiy zanjirning ijobiy yakunlanishidan darak edi. Pensilvaniya poytaxti Xarrisburgning egallanishi general Li armiyasiga jangovar ruh bag‘ishlar va prezident Avraam Linkolnning oshib borayotgan nufuziga zarar keltirishi kerak edi. Strategik jihatdan olib qaraganda, Pensilvaniyaning ishg‘ol qilinishi janubliklar uchun Vashington tomon yo‘l ochardi.

    Siyosiy intrigalar, janubliklar yuqori rahbariyatidagi e’tirozlarga qaramasdan general Li armiyasi 15-iyun sanasida Pensilvaniyaga qarshi yurish boshlaydi. General Li 77 minglik qo‘shini yordamida janubliklarni yengishga ko‘zi yetgandi. Janubliklar uchun yana bir ijobiy holat Potomak armiyasiga boshchilik qilayotgan general Jon Xuker ayg‘oqchilar yordamida ma’lumotlar qo‘lga kiritilganiga qaramasdan, janubliklar Shimolga yurish boshlagani faktiga ahamiyat bermaydi.

    General nazarida ayg‘oqchilik ma’lumotlari ishonchsiz deb e’tirof etiladi. Prezident Linkoln ma’muriyati esa general Xukerning janggohlardagi iste’dodi va mahoratini inobatga olgan bo‘lsa-da, janubliklar hujumi borasida boshqacha fikrda edi. Shu vajdan Linkoln general Xukerga Vashingtonga chekinishni va Li armiyasining hujumini qaytarishga topshiriq beradi.

    General Xuker buyruqqa bo‘ysunishga majbur bo‘ladi, lekin o‘zining shuhratparastligi ortidan keyinchalik generallik rutbasidan ketishga sababchi bo‘lgan xatolikka yo‘l qo‘yadi. Shuhratparast general Xuker kechuvga yaqinlashgan otlarni almashtirib bo‘lmasligini iddao qiladi, ammo Linkoln Xuker o‘rniga muhim jang oldidan general Jorj Midni shimolliklar qo‘shiniga qo‘mondon qilib tayinlaydi.

    Jorj Mid.

    Jorj Mid.
    Foto: Wikipedia

    1863-yil 28-iyun sanasida janubliklar Pensilvaniya shtatining bir necha shaharlarini ishg‘ol qildi. Biroq general Li konfederatlarning harbiy qismlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay, zafarona yurishni davom ettirishda ikkilanib qoladi. Li nazarida shimolliklar Potomak daryosidan janubda joylashgan, degan fikr mavjud edi. Shu paytda general Li josus Genri Garrisondan shimolliklar qo‘shini Gettisbergdan 30 milya masofadagi joyda to‘planayotgani haqida ma’lumot oladi.

    Agarda Li qo‘shinlari g‘arbga yurish boshlaganida, shimolliklar general Li ta’minotini uzib qo‘yishi mumkin edi. Mid qo‘mondonligi ostidagi shimolliklar qo‘shini g‘arbiy frontni kengaytirar va janubliklarning Baltimor va Xarrisburgga hujumi xavfining oldini olishga urinardi hamda Li armiyasi bilan janubliklarga qulay bo‘lgan jang maydonida jang qilishga umid qilgandi.

    30-iyun sanasida Jon Byuford boshchiligidagi qo‘shinlar yaqin atrofdagi hududlarda taktik razvedka uyushtirish maqsadida shaharga kiradi, ammo konfederatlarning piyoda qo‘shinlariga duch kelib ortga chekinadi. Shimolliklar duch kelgan harbiy brigadaga general Robert Li hurmatiga sazovor bo‘lgan Genri Xet boshchilik qilar va uning harbiy qo‘shini Ambroz Xil qo‘mondonligi ostida edi. Genri Xet Ambroz Xilga shimolliklar qo‘shini Gettisbergda turgani va u qo‘shinga Jon Byuford qo‘mondonlik qilayotganini xabar beradi. Ambroz Xil nazarida shimolliklar qo‘shini Merilendda ekani ma’lum edi, shu sababdan razvedka yetkazgan ma’lumotlarga Xil ishonqiramay qaraydi.

    Jangning birinchi kuni

    Ambroz Xil kelib tushgan razvedka ma’lumotlarini tekshirib ko‘rishni ma’qul topadi va o‘z qo‘l ostida harakat qilayotgan Genri Xet va Uilyam Dursi Penderga 1-iyul sanasida Gettisbergga hujum boshlash topshirig‘ini beradi. Dastlabki harbiy to‘qnashuv 1-iyul sanasida tonggi soat 05:30 da yuz beradi. Muhorabada Xet qo‘l ostidagi qo‘shinlar Byuford armiyasining qo‘riqlov xizmati bilan jangga kirishadi. Soat 10:30 va 11:00 lar orasida Xet qo‘shini general Jeyms Uodsvortning qo‘shiniga hujum uyushtiradi, ammo hujum muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi.

    Xet qo‘shinidan bir necha yuz kishi shimolliklar tarafidan asirga olinadi va Gettisbergni ishg‘ol qilish rejasi qo‘ldan chiqadi. Janubliklar hujumini kuchaytirish maqsadida general Li ham o‘z qo‘l ostidagi askarlarni Gettisbergga tomon siljitadi. Shiddatli kechgan janglarda janubliklar shimolliklarni tor-mor qiladi.

    General Jon Byuford.

    General Jon Byuford.
    Foto: Wikipedia

    Shu orada chekinayotgan shimolliklar qo‘shini Oliver Xovard va Uinfild Skott qo‘mondonligi ostida qaytadan tartibga keltiriladi va butun kun mobaynida janglarda ishtirok etgan janubliklar qo‘shinlari Qabriston tepaligi deb nom olgan joyda g‘alabani qo‘lga kiritish imkoniyatini boy beradi. Jang yakunida garchi janubliklar g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, strategik jihatdan olib qaraganda ular mag‘lubiyatga uchragan edi.

    Jangning ikkinchi kuni

    Kelgusi kuni general Li shimolliklar egallab turgan hududlarni bosib olish maqsadida keng miqyosli jangga kiradi. Holdan toygan jangchilar, ustiga-ustak tepalikdan janubliklarning oldinga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymayotgan shimolliklarning mudofaa janglari natjasida jang sust borishiga sabab bo‘ladi. Kechga yaqin janubliklar Mid qo‘shinlarini tor-mor qilishga harakat qilib ko‘radi. Janglar ayovsiz kechadi. Shimolliklar tasarrufidagi to‘rt polk hayot-mamot jangiga kirgan edi.

    Harbiy pozitsiyalarni boy berish shimolliklar uchun mag‘lubiyatdek gap edi. Shimolliklar yaxshi qurollangan, yaxshi jangovar pozitsiyalarga egalik qilardi. Shu tariqa shimolliklar janubliklarning yigirma martagacha qilgan hujumlarini muvaffaqiyatli qaytarishga erishadi. 2-iyul sanasining oqshomida har ikki dushman qo‘mondonlar oldida muhim savol tug‘iladi. General Li ham, general Mid ham keyingi kun janglarni davom ettirish yoki ettirmaslik haqida o‘ylab qoladi. General Li jangni davom ettiraman desa, oziq-ovqat va qurol-yarog‘ zaxiralari tugab qolgan, askarlari holdan toygan edi.

    General Mid esa chekinish haqida o‘ylar, chunki shimolliklar qo‘shini janublik mahoratli jangchilarning keyingi kundagi ayovsiz hujumlariga dosh berolmasligi mumkin edi. Natijada ikki general ham nima bo‘lishidan qat’i nazar jangni oxirigacha olib borishga qaror qiladi. General Li urushda g‘olib bo‘lib, yankilar tomonidan konfederatlar davlatining yashashga haqi borligini tan olinishiga erishmoqni istaydi. General Mid bo‘lsa, shimolliklar egallab turgan qulay tepaliklardan samarali foydalanishga ahd qiladi.

    2-iyul sanasidagi janglar xaritasi.

    2-iyul sanasidagi janglar xaritasi.
    Foto: Wikipedia

    Jangning uchinchi kuni

    3-iyul kuni Li armiyasi hujum qilishni boshlaydi. Shimolliklar esa mudofaaga zo‘r beradi. Li barcha qo‘shinini shimolliklar armiyasining markaziga hujum qilishni va shu tariqa Potomak armiyasining mudofaasini yorib o‘tib, raqiblarini taslim qilishni maqsad qiladi. Markazga hujumlarning janubliklarning yaxshi jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan Piket boshchiligidagi qo‘shinlar uyushtirishi belgilanadi. Jangda konfederatlarning 160 artilleriyasi shimolliklarning markaziy qismidagi kuchlarga tinimsiz o‘q yog‘diradi.

    Janubliklar tepalikka yaqinlashib kelsa, balandlik ortidan shimolliklarning qaqshatqich o‘q yomg‘irlariga uchraydi. Ayovsiz jang uch soat davom etadi. Mazkur uch soatlik urushda konfederatlar 6500 ga yaqin askaridan ayriladi. Shunda general Piket armiya qo‘mondoni general Liga jang qilishga askarlari qolmagani uchun tirik qolgan diviziyasiga jangdan buyruq berganini aytadi. Konfederatlar qo‘shini chekina boshlaydi. Virjiniya armiyasi tor-mor etilgandi.

    General Mid mudofaaga tayandi va jasur, harbiy jang san’atini puxta o‘zlashtirgan general Li qo‘shinidan ustun keldi. Gettisbergdagi janglarda konfederatsiya qo‘shinlarining urushlarda toblangan askarlari-yu qo‘shin qo‘mondonlari hayotdan ko‘z yumdi.

    Jangning oqibatlari

    Jang davomida shimolliklar mayor Jorj Midning mudofaaviy urushni tanlaganini tanqid qilgan bo‘lsa-da, jangning shimolliklar g‘alabasi bilan yakunlangani muhim. Gettisbergdagi jangda konfederatlar 28 ming, shimolliklar 23 ming askarlaridan mahrum bo‘ldi. Shimolliklar g‘alabani nishonlar, janubda esa motam edi. General Li konfederatlar prezidenti Jefferson Devisga urushdagi mag‘lubiyat sabab iste’fo berilishini so‘raydi, ammo prezident generalning iste’fosini qabul qilmaydi. Gettisbergdagi jang AQSh fuqarolar urushida tub burilish yasagan janglardan biri sifatida tarixda qoldi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    02.07.2020, 22:09   Izoh (0)   47332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Xavfsizlik kengashi pandemiya fonida butun dunyoda o‘t ochishni to‘xtatish haqida rezolyutsiya qabul qildi

    02.07.2020, 20:21

    Myanmadagi konda yuz bergan ko‘chki oqibatida 126 kishi halok bo‘ldi

    02.07.2020, 19:42

    Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi

    02.07.2020, 16:30

    Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

    02.07.2020, 16:08

    AQSh koronavirusni davolovchi remdesivir preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi

    02.07.2020, 15:50

    The New York Times “qora” so‘zini bosh harf bilan yozadigan bo‘ldi

    02.07.2020, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.