28-iyun kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Munisa Rizayeva hayotiy falsafalari bilan o‘rtoqlashdi.

View this post on Instagram

Hamma og'riqni boshdan kechirishi kerak. Bu yo intizomning og'rig'i, yoki afsuslanishning og'rigi. Har doim o'zingiz ustidingizda ishlang, shunda o'tkazib yuborilgan imkoniyatlardan afsuslanmaysiz. Tizimli ravishda ishlarni oxiriga yetkazing. O'z-o'zini tarbiyalash bunga yordam beradi. Erta ko'tarilish, orzu va maqsadlarga doimiy intilish buyuklikning asosidir. Shuni esda tutish kerakki, hatto kichik imtiyozlar ham taqiqlanadi. Ayniqsa qiyin bo'lganda. Maqsad aniq bo’lishi kerak. Siz kuchli inson bo'lishni xohlaysiz. nima qilishni bilasiz. ertalab telefonda o'tirmang, kitob o’qing, uyqu rejimini tiklang, parhezingizni yaxshilang, televizion ko'rsatuvlarga vaqt sarflamang, suv bormasini tashkil qiling. Tanangizni yaxshi ko'ring va har xil axlatni unga tashlamang. Uzoq muddatli o'zini o'zi qadrlash uchun qisqa muddatli zavqlardan voz keching. Agar siz kerakli narsalarni qilishni xohlamasangiz va qilish uchun dangasa bo'lsangiz, u holda siz orzu qilgan hayotni uddalay olmaysiz. Agar siz har kuni biror narsa qila olsangiz, hayotingizni o'zgartirishingiz mumkin. Yomon odatlarni yaxshilariga o'zgartiring. Buyuklikning poydevori - bu intizom, omad emas. 🤍🕊

A post shared by Munisa Rizaeva (Singer) (@munisarizaeva) on

Davron Kabulov Shahrisabz shahriga bordi.

View this post on Instagram

Руҳан синмайдиган ва олдига қўйган мақсадларига чин эътиқоди билан охиригача эргашувчи кичкинагина тана бутун бошли тарихни ўзгартиришга қодир. _____________________________________________________________ Маленькое тело, обусловленное духом и воодушевленное неугасимой верой в свою миссию, может изменять ход истории _____________________________________________________________ ©️ Махатма Ганди #shakhrisabz #oqsaroy #aksaray #amirtemur #uzbekistan

A post shared by Davron Kabulov (@davron_kabulov) on

Nilufar Usmonova o‘zini boricha qabul qila oladigan insonlari borligi uchun shukrona aytdi.

View this post on Instagram

Hayotda past baland bo'ladi deganlaridek, mening ham hayotimda xursandchilik, tushkunlikka tushgan paytlarim bo'ladi va bunday holatlarda quvonchimni, dardimni bo'lishadigan o'zimni eeeeeng yaqinlarim bor. Ularga haddim sig'ib aytolaman, erkalana olaman, kula olaman. O'zim bilan o'zim oynada qanday bo'lsam, yaqin insonlarim bilan ham xuddi shundayman. Haqiqatga tik boqqandek, o'zimni fikrimni qo'rqmay ayta olaman. Mani fikrim qanday bo'lishidan qat'iy nazar, borligicha qabul qiladigan yaqinlarim bor. Bir xato ish qilib qo'ysam, bildirmasdan aybimni yopadiganlar, yomonimni yashirib, yaxshimni oshiradigan insonlar bor. Eng eng baxtli kunlarimda quvonch ko'z yoshini birga to'kkanlarim, eng g'amgin kunlarimda dardkash bo'lib, birga achchiq ko'z yosh to'kkanlarim bor. Ba'zida ularning ham asabi ko'tarmaydi, lekin chidaydi, chunki yaqiniman. Mani baxtlilarim, quvonchga, mehrga to'la yaqinlarim, oddiygina do'stlarim desam, shunchaki aytgandek bo'laman, shu sababli qiyomatlik do'stlarim...Kerak bo'lsa kuniga 10 marta qo'ng'iroq qilib, hol ahvolimni so'rab, istalgan paytda, istalgan joyda qo'llab-quvvatlagan yaqinlarim bor. Mani borimcha qabul qiladigan, 1 foizga ham O'ZGARTIRISHga harakat qilmagan, hech qanaqa titul rol o'ynamagan (Yulduz Usmonovaning farzandi ekanim, sat'atkor ekanim, ijtimoiy status hech narsam ro'l o'ynamagan) kerakli joyda avaylab, og'rinmasin deb gap yashirgan, ko'nglimni ko'targan yaqinlarim. Aytishadiku "ham tabibim, ham doktorim" xuddi shunday qanotsiz farishtalarimning 1000 xislatidan faqatgina birini yuqorida aytib o'tgandirman. Lekin manda shu insonlar bor. Bu muhabbatdan ham ulug' tuyg'u. Kerak bo'lsa qondoshlardan qolishmaydigan tuyg'u. Muhabbatni gapirmasam ham bo'ladi. Qorin ochsa muhabbat ketadi deganlaridek muhabbat juda soxta bo'lib ketgan. Insoniylik fazilatlari esa bebaho. Man yaxshi inson ekanman, manda shunaqa insonlar bor. Kerak bo'lsa boshimga uradi, kerak bo'lsa ko'kka ko'taradi. O'zimga keladigan bo'lsak, necha yillararo mana na pul, na odam, na ig'vo, na fitna mani yaqinlarimdan ajratmadi. Xudoga shukur. Eski ota-bobolarimiz aytganlaridek, bu QAYTAR DUNYO yaxshilik ham qaytadi yomonlik ham. Bunga ishonadigan odamlar...⬇️⬇️

A post shared by Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova) on

Umidaxon yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klip jarayonini ko‘rsatdi. Klipda bosh rollarni Aziz Umrzoqov va “Bravo”chi Shahlo ijro etmoqda.

Durdona Qurbonova sevimli aktyori Shohrux Xon bilan.

Burak O‘zchivit folloverlariga ko‘rinish berdi.

Ozodbek Nazarbekov Namangandagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

View this post on Instagram

Президентимизнинг Наманган вилоятига ташрифи якунига етгач, вилоятдаги маданият ва санъат муассасалари фаолиятини таҳлил қилиш мақсадида, "Обод қишлоқ" дастури доирасида қайта таъмирланган Тўрақўрғон маданият марказида бўлдик. Ёшларнинг бўш вақтларини мазмунли ўтказишини ўйлаб, марказда турли хилдаги тўгараклар фаолиятини йўлга қўйиш бўйича кўрсатмалар бериб, кадрлар масаласини ҳам алоҳида ўргандик. Бу жараёнда марказнинг раҳбар-ходимлари яратилган шароитлардан унумли фойдаланмаётганига гувоҳ бўлдик. Жумладан, хоналарнинг тўғри тақсимланмагани, хореография, актёрлик санъати, чолғу йўналишидаги хоналарнинг ўз услубида ясатилмагани ҳамда ходимларнинг ишга келиб-кетишида унумли фаолият сезилмаётгани кўнгилни хира қилди. Яна кутубхона фаолиятини кўпроқ тарихий китоблар – Машраб, Чустий, Увайсий каби тарихий шахслар асарлари билан бойитиш кераклиги борасида кўрсатмалар бердик. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Бош вазири ўринбосари Беҳзод Мусаев, Наманган вилояти ҳокими ўринбосари ва туман ҳокимлари иштирокида Тўрақўрғон туманидаги "Шаханд" маданият маркази фаолиятини ҳам ўргандик. Туман аҳолиси ва тадбиркорлари билан учрашиб, мавжуд камчиликлар тўғрисида суҳбатлашдик. Маданият марказининг жорий аҳволи, тўгараклар фаолиятини яхшилаш, аҳолининг маданий ҳаётини янада ривожлантириш, қолаверса, давлат ва хусусий шерикчилик асосида маданият марказини тадбиркорларга бериш юзасидан улар таклиф этган режалар билан яқиндан танишдик.

A post shared by Nazarbekov Ozodbek Axmadovich (@ozodbek_axmadovich) on

Bollivud qiroli Shohrux Xon 28 yildan beri filmlarda suratga tushmoqda. Shu munosabat bilan aktyor muxlislariga falsafiy murojaat yo‘lladi hamda ularga minnatdorchilik bildirdi.

Shahzoda folloverlariga do‘st deb bilgan insonlaridan hech qachon hafsalasi pir bo‘lmaslikni tiladi.