O‘zbekistonda 26-iyun kuni koronavirus aniqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 8 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Jumladan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.Z.da ( profilaktika maqsadida namuna topshirgan), “Logistika universal markazi” MChJ xodimi G.S.da, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ xodimi H.Q.da (Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qarindoshining uyiga borgan) kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Yunusobod tumanida yashovchi Sh.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), shahar ichki ishlar tizimi xodimi F.G.da, poytaxtdagi avtosaroy konduktori S.D.da, Chilonzor tumanida yashovchi M.X.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan) ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Vazirlik aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxt aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 27-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 7551 nafarga yetdi. Ularning 5038 nafari (67 foiz) sog‘aygan, 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.