Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumani qayta tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.
“Namangan shahrida bugungi kunda rasman 630 ming kishi istiqomat qilmoqda. Amalda 800 mingdan ko‘p. Millionchi shahar bo‘lish yaxshi, mana, Samarqand ham bunga intilyapti. Lekin aholi soni ko‘paygan sari shunga yarasha hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar ko‘lami ham ortib boradi. Shu bois Namangan shahrida Davlatobod tumanini qayta tashkil etish taklif qilinmoqda”, — dedi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, Namangan shahri tarkibida avval ham Davlatobod tumani bo‘lgan, biroq 2004-yilda ushbu tuman tugatilgandi.
Izoh (0)