Marko ismli amerikalik bloger o‘zining Honda Civic sedanini immersion bosma texnologiya usulidan foydalangan holda bo‘yashga qaror qildi. Buning uchun u qurilish krani va suv to‘ldirilgan ulkan konteynerdan foydalangan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Tajribani o‘tkazish uchun bloger Honda oynalarini brezent bilan yopib chiqqan, fonarlariga ega rangli skotch yopishtirgan, sedan kuzovi esa kontrast hosil qilishi uchun dastlab to‘liq oq rangga bo‘yalgan.

Bloger odatda kuzovning alohida elementlari yoki interyerini bo‘yashda ishlatiladigan vanna o‘rniga, suv bilan to‘ldirilgan yuk konteyneridan foydalanishga qaror qilgan. Avtomobilni suvga tushirish uchun esa qurilish krani yordamga kelgan.

Honda to‘liq suvga tushirilgach, bir necha kishi unga qizil va ko‘k bo‘yoqlarni sepa boshlagan. Natijada avtomobil kuzovi qisman qizil-ko‘k rangga kirgan, biroq suvga to‘lib qolgan motor bo‘lmasi sabab mashina boshqa mustaqil harakatlana olmagan.