O‘zbekistonda 25-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89 kishiga ko‘payib, 6990 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 40 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida),
  • 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida,
  • 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida,
  • 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2286 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Shu kungacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 24-iyun kuni 239 kishida koronavirus aniqlangani va bu yangi rekord ko‘rsatkich ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.