Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Izolyatsiyani opasi Jiji va onasi Iolanda bilan Pensilvaniyadagi ranchoda o‘tkazgan model Bella Hadid faoliyatini davom ettirishga imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Hello nashri xabar berdi.

Shaharning Soho tumanida joylashgan mazkur uy model tomonidan 2019-yilning oxirida sotib olingan. Avvaliga xarid qiluvchining kim ekani sir tutilganiga qaramay, keyinchalik uy egasining shaxsi New York Post jurnalisti tomonidan ma’lum qilingan.

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Maydoni 200 kv metrni tashkil qilgan ikki qavatli pentxausni model 6 million dollarga xarid qilgan. Uy 2 ta yuvinish xonasi, ulardan biri keng garderobdan iborat 2 ta yotoqxona, mehmonxona va oshxona hamda ish xonasini o‘z ichiga oladi. Kitob o‘qish, ziyofat uyushtirish va romantik uchrashuvlarni o‘tkazish imkonini beruvchi veranda esa uyga ko‘rk qo‘shib turadi.

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Ma’lumot uchun, bundan bir necha yil avval xonanda The Weekend bilan munosabatda bo‘lgan Bella uning Manxettendagi uyiga ko‘chib o‘tgandi. Qo‘shiqchi mazkur uy uchun oyiga 60 ming dollar to‘lagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz o‘qidi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq kredit ajratilayotgani ma’lum bo‘ldi
Madaniyat
“Sharoitni ko‘rib yig‘laysiz”. Vazirlar borolmaydigan ijodkorlarning ijara yotoqxonasiga sayohat (foto va video)