Barselonaning “Liseo” opera teatri 22-iyun kuni ochildi va birinchi konsert dasturini taqdim etdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Reuters

Biroq karantindan keyingi ilk konsert auditoriyasi o‘ta noodatiy bo‘ldi: teatrning dastlabki tomoshabinlari tuvaklardagi 2292 ta o‘simlik bo‘ldi.

Teatr mamlakatdagi uch oy davom etgan karantin bekor qilinganining ertasi kuni ushbu konsertni tashkillashtirdi.

Bunday konsertni tashkillashtirish g‘oyasi muallifi ispaniyalik rassom Euxenio Ampudiaga tegishli. Uning aytishicha, pandemiya vaqtida tabiatni ko‘p kuzatgan, bu holat esa uni konsert uyushtirishga undagan.

“Men qushlar sayrashini eshitdim. Bu holatdan bog‘imdagi va ko‘chadagi o‘simliklar tezroq o‘sa boshladi. Endi insonlar va tabiat bilan mustahkamroq aloqa o‘rnata olaman, deb o‘yladim” — deydi rassom.