Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 20-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 94 kishi koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6119 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 69 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 12 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 79 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlar soni 6025 nafarga yetgandi.

Hozirda kasallanganlarning 4273 nafari koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni birinchi marta 1800 nafardan oshib ketdi. Hozirda 1827 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda