Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4331 nafarga yetdi

Avvalroq 7-iyun kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 121 kishiga ko‘payib, 4302 nafarga yetgani xabar berilgandi

1 daqiqa o‘qish77 032 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: O‘zbekistonda 7-iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord, Toshkentda 7-iyun kuni 195 kishida koronavirus aniqlandi. Shu vaqtgacha bir kunda butun O‘zbekiston bo‘yicha ham bunchalik ko‘p bemor aniqlanmagan edi

O‘zbekistonda 7-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga ko‘payib, 4331 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 7 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 tasi Toshkent shahri hamda 8 tasi Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 tasi Sirdaryo viloyatida va yana 2 tasi Toshkent viloyatida xorijdan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 960 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

Avvalroq 7-iyun kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 121 kishiga ko‘payib, 4302 nafarga yetgani xabar berilgandi. Hozirgacha mamlakatda 3354 nafar bemor sog‘aygan, 17 nafari esa vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar