Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatida Bosh prokuratura o‘tkazgan tekshiruvda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni davolayotgan tibbiyot xodimlarining rag‘batlantirish pullari to‘lab berilmagani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda jami 2868 nafar shaxs karantinga olingan, 44 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 43 nafar odam kasallikdan tuzalgan va 1 nafar shaxs COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

Karantin tadbirlariga 235 nafar shifokor, 459 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, 155 ta kichik tibbiyot xodimi hamda 139 nafar boshqa xodimlar jalb etilgan.

1473 nafar xodimga 2,5 milliard so‘mlik rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lab berilmagani, 1264 nafar xodimga 1,6 milliard so‘mlik rag‘batlantirish mablag‘ini moliyalashtirish va to‘lab berish masalasi ko‘rib chiqilmagani aniqlangan.

Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan o‘z vaqtida to‘lanmagan 5,6 milliard so‘m rag‘batlantirish mablag‘larining xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlandi, deyilgan xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi