Toshkent shahrida 5 ming 600 AQSh dollarini 57 million so‘mga noqonuniy ravishda pullayotgan valyutafurush qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida, IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor B.ga 5 ming 600 AQSh dollarini 57,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.Mavzuga doir: Andijonda kadastr xodimi 800 dollar pora bilan ushlandi
Izoh (0)