Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Ma’lumot uchun, van der Vart faoliyati davomida “Ayaks”, “Real” va “Tottenhem” va “Hamburg” jamoalarida to‘p surgan. U 2018-yilda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Darvozabon: Edvin van der Sar;
Himoyachilar: Marselo, Kristian Kivu, Ledli King, Serxio Ramos;
Yarim himoyachilar: Garet Beyl, Luka Modrich, Guti, Aryen Robben;
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Piter Krauch.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!