“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu egizak farzandlarining tug‘ilgan kunini o‘ziga xos tarzda nishonladi.
Futbolchi ertak va multfilm qahramoni Olovuddin kiyimini kiyib olgan, Jorjina Rodriges esa “Qudratli reynjerlar” seriali qahramoni pushti reynjer obrazini tanlagan.
Ronalduning farzandlari ham turli qahramonlar libosini tanlagan: tug‘ilgan kun egasi Mateo — o‘rgimchak odam, kichik Krishtianu — Halk, qizaloqlar esa “Disney” olami malikalari obrazida namoyon bo‘lgan.
“Tug‘ilgan kuningiz bilan, men uchun sevimli Yeva va Mateo! Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz”, — deya yozib qoldirgan Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Mateo va Yeva 3 yoshni qarshi oldi. Krishtianuning katta o‘gli iyun oyi oxirida 10 yoshga to‘ladi, kichik qizi esa ikki yoshda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)