Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorning navbatdagi jangi haqida gapirdi.

Foto: UFC

Foto: UFC

“Menimcha, Konor uchun eng foydali qaror — Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi kurashishdir. Biroq bu aniq bo‘ladi deb ayta olmayman.

Lekin bu uning uchun eng oqilona yurish bo‘lardi. Ammo uni bilasiz, ehtimol, u avvalroq jang qilishni xohlab qolar va biz biron narsa o‘ylab toparmiz” — deydi Uayt.

Avvalroq Deyna Uayt Konorga chempionlik jangini va’da qilib, uning raqibi Habib — Getji jangining g‘olibi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Habib — Getji jangi shu yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Konor Makgregor UFC’dagi uchinchi jangida braziliyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgandi (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Dunyo
“Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi