• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Kelajak diktatori”. Ikkinchi jahon urushi davridagi Ruminiya marshali Yon Antoneskuning mag‘lubiyati

    1946-yilning 1-iyun kuni Ruminiya diktatori Yon Antonesku Buxarest tribunalining hukmiga ko‘ra qatl qilindi. Ruminiya tarixida Yon Antonesku katta iz qoldirgan. Bugungi kunda Ruminiyada unga bo‘lgan munosabat ham turlicha. “Daryo” Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yorqin figuralardan biri haqida ma’lumot beradi.

    Harbiyning farzandi

    Yon Antonesku 1882-yil 2-iyun kuni Ruminiyaning Piteshti shahrida katta yer egasi bo‘lgan mahalliy harbiy ma’muriyat kapitani oilasida tug‘ilgan. Harbiy ofitserlar tayyorlaydigan maktabni tugatgach, Antonesku kichik leytenant unvonini oladi. Otasining boyligi Yonga Fransiyaning eng yaxshi harbiy kollejlaridan birida tahsil olishga imkon berdi, shundan so‘ng yosh ofitser Ruminiya armiyasiga qo‘shildi. Birinchi jahon urushi janglarida Antonesku alohida ajralib turmagan bo‘lsa-da, 1917-yilda general Alekseyev bilan frontning janubiy qismida rus qo‘shinlari bilan hamkorlik qilish rejalarini tuzib chiqish uchun Petrogradga kelgan.

    Yon Antonesku.

    Yon Antonesku.
    Foto: Getty Images

    Karyera zinasidagi parvoz

    Antoneskuning Birinchi jahon urushidan keyingi karyerasi juda muvaffaqiyatli rivojlandi. 1920-yillarning boshlarida Antonesku polkovnik unvonini oldi. 1923—1926-yillarda diplomatik korpus safida harbiy attashe sifatida xizmat qildi. 1926-yilda otliq askarlar maktabini boshqardi, 1927 va 1931-yillarda Oliy harbiy maktab boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritdi, 1928-yilda Milliy xavfsizlik vazirining kotibi bo‘lib, qo‘shinlarda turli lavozimlarni egalladi — polk va brigada qo‘mondoni va ko‘p o‘tmay general rutbasiga ko‘tarildi.

    General unvonini olgach, avval Rimdagi, keyin Londondagi Ruminiya elchixonasiga harbiy attashe lavozimiga yuborildi. Vataniga qaytib, general Antonesku harbiy vazirlikda bir qator yuqori lavozimlarni egallaydi va 1933-yilda Bosh shtab boshlig‘i bo‘ladi. Bir yil o‘tgach Antonesku o‘z qo‘mondonligi ostiga butun boshli diviziyani oladi va 1937-yilda milliy mudofaa vaziri bo‘ladi.

    Uy qamog‘i

    1939-yil mart oyida Ruminiya va Gitler Germaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolanadi, unga muvofiq, Ruminiya 250 million marka miqdoridagi nemis kreditidan foydalanib, Germaniya bilan qo‘shma neft kompaniyalari tashkil etish va o‘z mamlakatining iqtisodiyotini Germaniya ehtiyojlariga muvofiq rivojlantirish majburiyatini oldi.

    1940-yil Ruminiya uchun qora yil edi. Natsist Germaniyasiga simpatiya bildiruvchi Ruminiya qiroli Karol II Germaniya tashqi siyosati tarmoqlariga tobora chuqurroq kirib borishni boshlaydi. 1940-yil iyun oyida SSSR hukumati Buxarestga nota yuboradi va Bessarabiya hamda Shimoliy Bukovina hududlarini qaytarish masalasini darhol hal qilishni talab qiladi. O‘sha paytda SSSR bilan do‘stona aloqalarda bo‘lgan Berlin Karol II ga ushbu talablarni bajarishni maslahat bergan.

    1940-yil iyulda Antonesku qirolga ushbu hududlarning SSSRga qaytishiga qarshi norozilik xatini yubordi, chunki bu hududlar Rossiya imperiyasi qulaganidan keyin Ruminiya tomonidan bosib olingan va 1918-yilda qo‘shib olingan. Qirolga xat yoqmaydi va Antonesku uy qamog‘iga olinadi.

    Foto: Wikipedia

    “Sizning vaqtingiz keldi”

    30-avgust kuni Germaniya va Italiya tashqi ishlar vazirlari Birinchi jahon urushidan keyin Ruminiyaga o‘tgan Shimoliy Transilvaniyani Vengriyaga, Janubiy Dobrudjani esa Bolgariyaga qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganini e’lon qiladi. Natijada Ruminiya bir yil ichida uch million etnik ruminlar istiqomat qiladigan o‘z hududining uchdan bir qismini yo‘qotadi.

    Ruminiya yo‘llarida sobiq hududlaridan haydalgan minglab qochqinlar paydo bo‘ladi. Mamlakatda tartibni tiklash uchun Karol II “qattiqqo‘l” hukumat tuzishga qaror qiladi. Shunda rumin monarxining yodiga o‘zi hukumatdan chetlatgan general Antonesku tushadi. “Faqat siz haqiqiy vatanparvarsiz, — deydi qirol kelajakdagi diktatorga. — Sizning vaqtingiz keldi. Ushbu qiyin lahzalarda sizga va hukumatga ishonaman”.

    1940-yil 5-sentabrda Yon Antonesku bosh vazir etib tayinlandi. Biroq Karol II ning Antonesku yordamida o‘z tojini saqlab qolishga bo‘lgan umidlari amalga oshmadi. Ertasi kuni Antonesku Karol II dan o‘g‘li Mixay foydasiga taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etishni talab qildi. Fashistik Germaniya siyosatini qo‘llab-quvvatlagan ushbu general Gitler uchun ayni muddao edi. Oktabr oyida Buxarestga rumin armiyasini nemis modeli bo‘yicha qayta qurish vazifasi topshirilgan nemis harbiy missiyasi yetib keladi.

    SSSRga qarshi urush

    1940-yil noyabrda Antonesku Berlinga keldi. U uch tomonlama paktga qo‘shilish to‘g‘risida shartnomani imzoladi va SSSRga qarshi urushda qatnashishga rozi bo‘ldi. Ruminiya nemis qurolli kuchlari ixtiyoriga o‘nta diviziya joylashtirish majburiyatini oldi.

    1941-yil 22-iyun tongida Ruminiya qo‘shinlari ham SSSRga bostirib kirishda faol qatnashdi. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng, 27-iyul kuni Ruminiya va Germaniya bo‘linmalari Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani egallab oldi. Ruminiyalik siyosatchilarning aksariyati buni noqonuniy egallab olingan yerlarning qaytarilishi deb hisobladi va SSSRga qarshi urush shu bilan tugashiga umid qildi.

    Foto: Wikipedia

    15-avgust kuni Odessa shahri uchun bo‘lgan janglarda ruminiyaliklar katta yo‘qotishlarga duch keldi va chekinishga majbur bo‘ldi. Asosiy janglarda Ruminiyaning ikkita diviziyasi butunlay yo‘q qilindi. Odessaga hujum paytida Ruminiya armiyasidan 28 ming nafar askar halok bo‘lgan, 90 ming kishi yaralangan va 14 ming kishi bedarak yo‘qolgan.

    1942-yil 19-noyabrda Sovet Ittifoqining qarshi hujumi paytida Qizil Armiyaning 21 va 5-armiya qo‘shinlari Ruminiyaning 3-qo‘shin mudofaasini buzib, general Paulyus guruhining orqa tomoniga hujumga o‘tishdi. Ertasi kuni 55 va 57- sovet qo‘shinlari Stalingraddan janubroqda joylashgan Ruminiya 4-armiyasining old qismiga hujum qildi. Sovet qo‘shinlari 30 ming rumin askarini asir oldi. Umuman olganda, Stalingrad jangi davomida ruminiyaliklar 150 mingdan ko‘proq odam yo‘qotdi. Bu sharqiy frontda jang qilayotgan barcha Antonesku qo‘shinlarining to‘rtdan bir qismini tashkil etardi.

    Jiddiy mag‘lubiyat

    Stalingraddagi mag‘lubiyatdan oldin marshal Antonesku Ruminiya qo‘shinlarini Gitlerning roziligisiz Rossiyadan olib chiqib ketishning iloji yo‘qligini, chunki barcha temiryo‘l kommunikatsiyalari Germaniya qo‘lida ekanini aytib, qo‘shinlarni evakuatsiya qilishni rad etdi. Qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragach esa Yon Antoneskuning o‘zi sharqiy frontda qatnashgan Ruminiya bo‘linmalarining yarmini o‘z vatanlariga evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqishni taklif qildi. Tez orada Rossiyada Ruminiyaning atigi 30 ta diviziyasi qoldi. 1943-yil oxiriga kelib, sharqiy frontda Ruminiyaning 18 ta diviziyasi butunlay yo‘q qilindi va yettita diviziya Qrimda qamalda qolib ketdi.

    Yosh qirolning qasosi

    Shu orada yosh qirol Mixay 1944-yilning bahorida Antoneskudan qutulishga qaror qiladi. Bu paytga kelib Sovet qo‘shinlari allaqachon Ruminiya chegaralariga yaqinlashayotgan edi. Ko‘p o‘ylangan qirol Ruminiya kommunistlari bilan aloqa o‘rnatishga qaror qiladi. Qirolning noqonuniy RKP (Ruminiya kommunistik partiyasi) vakillari bilan uchrashuvida harbiy diktaturani ag‘darish, Germaniya bilan ittifoqni buzish va Ruminiyani butun harbiy potensiali bilan anti Gitler koalitsiyasi tomoniga qo‘shilish bo‘yicha reja ishlab chiqiladi.

    24-avgust kuni qirol Mixay toj kengashini chaqirish bahonasida marshal Antonesku va uning Vazirlar Mahkamasini saroyga taklif qiladi. Saroyda marshal va uning hukumati a’zolari hibsga olinadi. Antonesku hibsga olinganidan bir soat o‘tgach, qirol radioda xalqqa murojaat qiladi. Shu kuni Gitlerning buyrug‘iga binoan, nemis samolyotlari Buxarestga bostirib kirdi. Mamlakatda ruminlar va nemislar o‘rtasida janglar boshlandi. Alohida jangovar guruhlarga bo‘lingan holda nemis qo‘shinlari g‘arb tomonga o‘tishga majbur bo‘ldi. 30-avgust kuni Sovet va Ruminiya qo‘shinlari nemislarni Ployeshti tumanidan haydab chiqarib, Uchinchi Reyxni asosiy neft manbayidan mahrum qildi. Bir hafta o‘tgach, Ruminiya nemis qo‘shinlaridan butunlay tozalandi. 12-sentabrda Sovet—Ruminiya sulhi imzolandi.

    Hukm

    Antonesku va uning vazirlari ustidan mahkama 1946-yil 6-mayda Buxarest Xalq tribunalida boshlandi. Ilgari surilgan ayblovlar orasida eng asosiylari: Ruminiya xalqining manfaatlariga xiyonat qilish, mamlakatga Germaniya qo‘shinlarining kiritilishi, Uchinchi Reyxning manfaatlari yo‘lida unga iqtisodiy va siyosiy bo‘ysunish, legionerlar bilan hamkorlik qilish, siyosiy raqiblarni yo‘q qilish, kontsentratsion lagerlar tashkil etish va Sovet Ittifoqiga qarshi urushda qatnashish edi. 1946-yil 17-mayda harbiy sud Yon Antoneskuni o‘limga hukm qildi. Oradan ikki hafta o‘tgach, marshal otib tashlandi.

    Yuriy Nikolayevich Lubchenkovning “Ikkinchi jahon urushining 100 ta buyuk sarkardalari” kitobi asosida Nurbek Alimov tayyorladi.

    03.06.2020, 22:07   Izoh (0)   155177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi

    03.06.2020, 21:31

    Shvetsiyaning bosh epidemiologi mamlakatda karantindan voz kechish xato bo‘lganini birinchi marta tan oldi

    03.06.2020, 21:07

    Oq uy AQShda irqchilik mavjudligini tan oldi

    03.06.2020, 20:58

    JSST koronavirus haqida Xitoydan ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch kelgani ma’lum bo‘ldi

    03.06.2020, 20:34

    Rossiyada bir sutkada 8536 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning 178 nafari vafot etdi

    03.06.2020, 18:22

    Janubiy Koreyada koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositasi tanlab olindi

    03.06.2020, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.