Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8536 ta holat qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 432 277 kishiga yetdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 3-iyun, chorshanba kuni bergan ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yangi kasallanganlarning 38,5 foizida kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan.
Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 8972 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 195 957 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirus qurbonlari soni esa 178 kishiga oshib, 5215 kishiga yetgan.
Bundan bir kun avval 8863 kishida koronavirus aniqlangani, bemorlarning 11 108 nafari tuzalgani xabar berilgandi.
Izoh (0)