“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppning qiziqish doirasiga tushgan.

Foto: Twitter

Mundo Deportivo’ning xabar berishicha, agar “qizillar” “Leypsig” hujumchisi Timo Vernerni qo‘lga kirita olmasa, Dembeleni sotib olishga urinib ko‘radi.

Ta’kidlash joiz, Verner Kloppning asosiy maqsadlaridan biri, ammo u Dembeleni ham ko‘p yillardan beri kuzatib keladi.

Buning ustiga fransiyalik vingerning “Kamp Nou”dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda, chunki katalon klubi Neymar va Lautaro Martinesdan birini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.

Dembele ushbu mavsumda La Liganing 5 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Verner Bundesliganing 28 o‘yinida o‘z nomiga 24 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!