Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xorazmda opiy narkotik moddasini sotish maqsadida yonida olib yurgan ikki nafar narkokuryer hibsga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Gurlan tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori—2020” tezkor tadbiri davomida Sholikor qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida to‘xtab turgan Lacetti xolislar ishtirokida xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganida avtomobilning old o‘rindig‘i ostidan 997 gramm opiy giyohvandlik vositasi topildi. U mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan I.M.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Tuproqqal’a tumanida Toshkent—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Isuzu yuk mashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro S.Sh. tekshirilganda uning yonida oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli, jami og‘irligi 185,49 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi