O‘zbekistonda 2020-yil 31-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 29 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3583 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Foto: “Daryo”

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, bittasi esa Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqaroda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni oxirgi bir sutka ichida 54 nafarga ko‘paygan va 2837 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq 31-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni sakkiz kishiga ko‘payib, 3554 nafarga yetgani xabar qilingandi. 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 14 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.