Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 30-may kungi uchrashuvlar yakunlandi.

“Kvanju” jamoasi o‘z uyida “Ulsan Hyonday”ni qabul qildi. Uchrashuvning 12-daqiqasida maydon egalari Om Von Sanning golidan keyin oldinga o‘tib olgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib mehmonlar muvozanatni tikladi.

Shu bilan hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Shu tariqa “Ulsan” yetakchiga aylanib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Ashurmatov jamoasi esa mavsumdagi ilk ochkosiga ega bo‘ldi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov zaxirada qoldi.

Yana bir o‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov to‘p tepadigan “Pusan Ay Park” o‘zida “Suvon”ni qabul qilib nursiz durangga erishdi. Uchrashuvda Tursunov to‘liq harakat qildi.

Pusanliklar mazkur durangdan ochkolarini 2 taga yetkazdi va hali ham g‘alabasiz seriya qayd etmoqda.

Key-Liga

4-tur bahslari

30-may, shanba

“Kanvon” — “Chonbuk Motors” 1:0

Gol: 1:0 — 37 Ko Mu Yol.

“Pusan Ay Park” — “Suvon” 0:0

“Kvanju” — “Ulsan Hyonday” 1:1

Gollar: 1:0 — 12 Om Von San, 1:1 — 22, avtogol Li Han Do.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar