Filmlardagi murakkab sahnalarni taniqli aktyorlarning o‘zlari emas, ularga o‘xshash dublyorlari ijro etadi. Quyida aktyorlarning egizagidek ko‘rinadigan dublyorlar haqida so‘z yuritamiz.

Dueyn Jonson va Tanoay Rid

Foto: Getty Images

Tanoay Rid aktyor Dueyn Jonsonning nafaqat “Cho‘qqilar” filmidagi dublyori, balki uning amakivachchasi hamdir. Aktyor amakivachchasiga minnatdorchilik tariqasida 2018-yilda mashina olib bergan. Jonsonning aytishicha, Rid suratga olish jarayonlarida bir necha marta suyaklarini sindirib olgan.

Kris Hemsvort va Bobbi Hollend Henton

Foto: Getty Images

Avstraliyalik kaskadyor Hollend Henton “Tor” va “Qasoskorlar”ning barcha qismlarida Kris Hemsvortga yordam bergan. Bobbi faoliyati mobaynida uchta qovurg‘asini, bo‘ksa suyagini sindirgan, bir marta uning yelkasi chiqib ketgan.

Mark Ruffalo va Entoni Molinari

Foto: Getty Images

Ushbu suratda aktyor Mark Ruffalo “Qasoskorlar” filmidagi dublyori Entoni Molinari bilan birga aks etgan. Ular bir-biriga juda o‘xshaydi.

Jennifer Lopes va uning dublyori

Foto: Getty Images

2017-yilda “Ko‘k rang jilosi” filmi suratga olish jarayoni suratlari internetda tarqaldi. Suratlarda Jennifer Lopes o‘z dublyori bilan aks etgan.

Jonni Depp va Toni Angelotti

Foto: Getty Images

Jonni Depp va Toni Angelotti “Karib dengizi qaroqchilari” filmida hamkorlik qilgan.

Shuningdek, 2010-yilda Jonni Depp “Sayyoh” filmidagi murakkab sahnalarni suratga olishda dublyor yordamidan foydalanishga majbur bo‘ldi. Aktyorga yana Toni Angelotti yordam berdi.